“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 05:07
ЎЗO‘Z

Volvo va Geely avtomobil kompaniyalari birlashishni rejalashtirmoqda

12 fev, 07:58 3 784 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Volvo va Geely avtomobil kompaniyalari birlashishni rejalashtirmoqda Shvetsiyaning Volvo Car kompaniyasi va Xitoyning eng yirik avtomobilsozlik kompaniyasi Geely Automobile yagona global guruh tashkil etish maqsadida o‘z korxonalarining to‘liq birlashishi imkonini ko‘rib chiqmoqda.

Volvo kompaniyasi 2010 yildan beri Geely Automobile tarkibiga kiradi. Shvetsiya kompaniyasi Geely Automobile bilan o‘zining eng yangi ishlanmalari va texnologiyalari bilan muntazam bo‘lishishiga qaramasdan, muayyan mustaqillikni saqlab qolgan. Endilikda ikkala kompaniya bir korxonaga birlashishga qaror qildi.

Ta’kidlanishicha, bu qadam moliyaviy va texnologik hamkorlikni tezlashtirish uchun hamda sohada yetakchiga aylanish va yirikroq kompaniyalarga munosib raqobat tashkil etish uchun zarur hisoblanadi. Bundan tashqari, Volvo birlashishdan keyin Xitoydagi ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalana oladi, Geely esa Yevropa bozoriga ta’sirini kengaytirishi mumkin bo‘ladi. Ikki kompaniya birlashishiga qaramay, har bir markaning o‘ziga xosligini saqlab qolmoqchi.

Ayni vaqtda Volvo ijrochi direktori boshchiligida kompaniyalarning birlashishi rejasini ishlab chiqish bo‘yicha ishchi komissiya shakllantirilgan. Ma’lum qilinishicha, kompaniyalarning birlashishi yil oxirigacha yakunlanishi lozim.

Dastlabki baholashlarga ko‘ra, yangi kompaniyaning kapitallashuvi 30 mlrd dollar atrofida bo‘ladi, yillik ishlab chiqarish hajmi qariyb 2 mlnta avtomobilni tashkil qiladi. Kompaniya Stokholm va Hongkongda ikkita qarorgohga ega bo‘ladi.

Geely 2019 yilda 1,36 mlnta avtomobil sotgan. Volvo 2010 yilda mulkdori o‘zgargach va shundan keyin modellari qatorini yangilagach, ancha yaxshi natijalar ko‘rsatib kelmoqda. Kompaniya 219 yilda butun dunyo bo‘ylab 700 mingtaga yaqin avtomobil sotgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 216
  • O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan? 22 apr, 18:53 171
  • Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi 22 apr, 16:22 231
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 147
  • Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi avtomobil zavodi faoliyati bilan tanishdi (foto) 08 apr, 20:30 389
  • O‘zbekistonda elektromobillarga o‘tish tendensiyasi qanday ketyapti? 03 apr, 20:28 219
  • So'nggi yangiliklar
  • Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi” 08 мая, 00:13 45
  • Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi? 07 мая, 23:49 110
  • Apple yangi iPad Air va iPad Pro taqdimotini o‘tkazdi 07 мая, 23:25 26
  • Mirjalol Qosimov: "O‘yinni tashlab yubormay, oxirigacha kurashganimiz meni quvontirdi" 07 мая, 23:03 55
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Tablodagi hisob 4:1 ko‘rinishiga kelganidan so‘ng xotirjamlikka berildik" 07 мая, 22:44 94
  • Kuba prezidenti harbiy paradda ishtirok etish uchun Moskvaga keldi 07 мая, 22:16 91
  • Mashhur yozuvchi Stiven King Putin va Zelenskiyga o‘zaro mushtlashishni taklif qildi 07 мая, 21:55 124
  • Amerikaliklarning 60 foizdan ortig‘i AQSH prezidentining iqtisodiy islohotlaridan norozi bo‘lmoqda 07 мая, 21:30 56
  • Superliga. OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol urildi 07 мая, 21:11 95
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 77
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 33
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 61
  • Bo‘limlar