“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 02:25
ЎЗO‘Z

«Sariq yonmayapti». Toshkentda ayrim svetoforlarning ishlash tartibi o‘zgardi

24 yanv, 11:30 4 120 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Sariq yonmayapti». Toshkentda ayrim svetoforlarning ishlash tartibi o‘zgardi 2019 yilning 7 sentabridan Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan sinov tariqasida yangiliklar joriy qilish amaliyoti boshlangan edi. Yo‘l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida poytaxtning bir nechta chorrahalarida svetoforning ishlash tartibi o‘zgartirilgan edi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

O‘zgarish quyidagi ko‘rinishga ega.

Yo‘nalishlardan birida svetoforning taqiqlovchi (qizil) signalidan so‘ng (sariqni chetlab) ruxsat beruvchi (yashil) signal yonmoqda. Shu vaqtda qarama qarshi yo‘nalishda svetofor standart tartibda (qizil, sariq, yashil) ishlaydi.

Sinov shaharning to‘rtta chorrahalarida boshlandi: Amir Temur – Nukus ko‘chalari; Sharof Rashidov – Islom Karimov ko‘chalari, Afrosiyob – Shahrisabz ko‘chalari; Sodiq Azimov – Fidokor ko‘chalari. Ijobiy natijalarni uzoq kutishga to‘g‘ri kelmadi, yuqoridagi chorrahalarda kichik to‘qnashuvlar soni kamaydi. Bundan tashqari, ushbu o‘zgarish yo‘nalishlardan biriga ikkinchi yo‘nalish harakatni boshlashidan oldin burilishlarni tugatish uchun fursat beradi va bu bilan chorrahalardagi tirbandlikning oldi olinadi.

Natijalar ijobiy bo‘lganligi sababli ushbu yangi tartib to‘liq ishga tushirilgan. Masalan, faqatgina Uchtepa tumanida o‘zgarishlar o‘ndan ortiq chorrahalarda, Chilonzor tumanida – beshta, Sergeli tumanida ham beshta chorrahalarda ishga tushirildi.

Haydovchilar asta-sekin svetoforning yangi tartibiga ko‘nikishmoqda, YPX xodimlarining kuzatuvlariga ko‘ra ular ruxsat beruvchi signalga ilgarigidan ko‘ra sekinroq qo‘zg‘alishni boshlaganlar.

«Ammo bizga «muammo» haqidagi xabarlar muntazam ravishda kelib tushmoqda – haydovchilar, «sariq ishlamasa» svetofor buzilgan deb o‘ylashmoqda. Umid qilamizki, ushbu xabarimiz barcha uchun foydali bo‘lib, haydovchilarning xavotirlari yo‘qolishiga va yo‘l harakati xavfsizligi uchun yangi tartibning afzal tomonlariga e’tibor qaratishlariga sabab bo‘ladi. Haydovchilarning fikr va kuzatuvlarini kutib qolamiz. Sizningcha, yangi usul o‘zini oqlaydimi? Afzalliklarini ko‘rdingizmi?», deyiladi IIBB xabarida.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 209
  • O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan? 22 apr, 18:53 167
  • Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi 22 apr, 16:22 226
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 143
  • Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi avtomobil zavodi faoliyati bilan tanishdi (foto) 08 apr, 20:30 383
  • O‘zbekistonda elektromobillarga o‘tish tendensiyasi qanday ketyapti? 03 apr, 20:28 213
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 12
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 27
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 9
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 59
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 43
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 33
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 36
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 141
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 70
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 57
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 55
  • Eron chempionati. Oston O‘runovning dubli "Persepolis"ga g‘alaba keltirdi 06 мая, 22:12 140
  • Bo‘limlar