“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 00:12
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonliklar 2019 yilda «inomarka»larga qancha sarflashdi?

23 yanv, 12:50 3 533 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonliklar 2019 yilda «inomarka»larga qancha sarflashdi? Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2019 yil yanvar-dekabr oylarida O‘zbekiston 440,1 million dollarlik yengil avtomobillar import qilgan. Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 37,9 foizga ko‘pdir.

Umuman olganda, avvalgi yillarga nisbatan o‘sish sezilarli darajaga yetdi. Agar 2018 yilda import avtomobillarga 319 mln dollar sarflangan bo‘lsa, 2019 yilda bu raqam yana 100 mln dollardan ko‘proqqa oshdi.

Taqqoslash uchun, 2017 yilda O‘zbekiston 155 mln dollarlik yengil avtomobillar import qilgan, 2016 yilda - 193 mln dollar, 2015 yilda - 120 mln dollar, 2014 yilda esa - 212 mln dollar.

Shuningdek, 2019 yil davomida ham «inomarka»lar importi o‘sib bordi. Yil boshida chet el avtomobillarini import qilish hajmi o‘tgan yilga nisbatan qariyb 4 baravar ko‘p bo‘lgan bo‘lsa, bahor boshida - 2,2 baravar, yoz boshida u 67 foizgacha tushdi, avgustda 72 foizga qadar ko‘tarildi, sentabrda 74 foizni tashkil etdi.

2019 yil davomida kuzatilgan bunday o‘sishga qimmatbaho xorijiy mashinalarni olib kirish tartibi yengillashtirilgani bilan izoh berish mumkin. Biroq, 2020 yil 1 yanvardan boshlab bu imtiyoz o‘z kuchini yo‘qotdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 209
  • O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan? 22 apr, 18:53 166
  • Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi 22 apr, 16:22 226
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 143
  • Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi avtomobil zavodi faoliyati bilan tanishdi (foto) 08 apr, 20:30 383
  • O‘zbekistonda elektromobillarga o‘tish tendensiyasi qanday ketyapti? 03 apr, 20:28 213
  • So'nggi yangiliklar
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 9
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 15
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 9
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 118
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 57
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 48
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 48
  • Eron chempionati. Oston O‘runovning dubli "Persepolis"ga g‘alaba keltirdi 06 мая, 22:12 120
  • Oliy sud 198 nafar qatag‘on qurboniga oqlov hukmi chiqardi 06 мая, 22:00 54
  • Ozish uchun qancha yugurish kerak? 06 мая, 21:40 60
  • Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi 06 мая, 21:15 111
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 14
  • Bo‘limlar