“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 22:37
ЎЗO‘Z

Aslo bunday qilmang! Qishda mashinani «o‘ldirish»ning 5 usuli

21 yanv, 20:47 8 706 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Aslo bunday qilmang! Qishda mashinani «o‘ldirish»ning 5 usuli Foto: «AutoFlit»
«Za rulyom» jurnalida avtoekspert Ilya Pimenovning mashinani qishda qanday avaylab minishga bag‘ishlangan maslahati chiqdi.
Ayrim haydovchilar bilib-bilmay o‘z avtomobillariga jiddiy zarar yetkazib qo‘yishadi. Ayniqsa, qishda. Hatto eng qimmat va zamonaviy «inomarkalar» ham ehtiyotsizlik qurboni bo‘lishi hech gapmas.
Albatta, Rossiya qorli-qirovli, sovuq o‘lka. Bizda qor kam bo‘lgani bilan, baribir sovuq. Balki bu maslahatlar kimgadir asqotib qolar.

1-usul. Qizdirilmagan motor
Qizdirilmagan motor bilan mashinani haydash zararli ekanini bilmaydigan haydovchining o‘zi yo‘q. Ammo hamma ham amal qilarmikan? Qish pallasida mashinani haydashdan oldin motorini kamida besh daqiqa qizdirish kerak. «Sovuq start» dvigatel u yoqda tursin, uzatmalar qutisiga ham koni ziyon.

2-usul. «Quvnoq» startlar va tormoz

Mashinani gazlab turib, joyidan keskin qo‘zg‘alish va xuddi shuning aksi — keskin tormozlanish shinalar yedirilishiga va tormoz tizimi detallari yaroqsiz holatga tushishiga olib keladi. Bunaqa qilish mashina osma tizimi (podveska)gayam zarar.

3-usul. Drift
Ba’zilar qo‘l tormozidan foydalanib drift qilishdan zavq oladi. Ammo doim esda tutish kerak, qo‘l tormozi birda bo‘lmasa birda ishlamay qolib pand berib qo‘yishi mumkin. Driftlar qo‘l tormozidan tashqari yana tormoz supportlari, variatorlar va mexanik uzatmalar qutisi uchun ham zararli. Ayrim kinofilmlarga ishonmang, ular maxsus tormozlardan foydalanishadi. Hammasini professionallar bajaradi.

4-usul. Kun isisa yuvarman

Qish, sovuq bo‘lishiga qaramay, mashinani vaqtida «cho‘miltirib» turgan yaxshi. G‘ildirak disklarida to‘planib qolgan suv-loylar muzlab, shinalar tez yedirilishi, g‘ildirak podshipniklari va boshqaruv ruli mexanizmlari tez ishdan chiqishi mumkin. Qolaversa, yo‘llar muzlaganda sepiladigan tuzlar ham mashina uchun zararli (Darvoqe, yo‘lga sepiladigan tuzlar poyabzalingiz uchun ham zararli ekanini bilasizmi?). Shuning uchun ham mashinani toza saqlang.

5-usul. «Qor ko‘rpa»
Qor yoqqanidan keyin mashina ustidagi «qor ko‘rpasi» bilan kunlab qolib ketishi aslo yaramaydi. Buning oqibatida elektrikasi, rezina, plastik va hatto metall detallarigacha zararlanishi hech gapmas.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 208
  • O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan? 22 apr, 18:53 163
  • Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi 22 apr, 16:22 224
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 142
  • Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi avtomobil zavodi faoliyati bilan tanishdi (foto) 08 apr, 20:30 374
  • O‘zbekistonda elektromobillarga o‘tish tendensiyasi qanday ketyapti? 03 apr, 20:28 212
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 25
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 8
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 12
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 45
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 74
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 39
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 21
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 169
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 139
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 253
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 203
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 77
  • Bo‘limlar