“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 19:05
ЎЗO‘Z

UzAuto premium segmentida BMW va Toyota bilan raqobatlashmoqchi

11 yanv, 07:01 3 843 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
UzAuto premium segmentida BMW va Toyota bilan raqobatlashmoqchi UzAuto Motors kompaniyasi ichki bozorda qimmatbaho avtomobillar segmentida Germaniyaning BMW konserni va Yaponiyaning Toyota korporatsiyasi raqobat strategiyasini ishlab chiqdi. Bu haqda dushanba kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida UzAuto Motors kompaniyasining sotuvlarni rivojlantirish boshqarmasi rahbari Shuhrat Mirsamukov ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, 25 dekabr kuni UzAuto Motors kompaniyasi Toshkentda Chevrolet`ning to‘rtta — Tahoe, Traverse, Trailblazer va Equinox modellari taqdimotini o‘tkazgan edi.

Rustam Qodirovning so‘zlariga ko‘ra, ushbu modellarning har birini O‘zbekistonda noldan ishlab chiqarishni tashkil qilish uchun 1−2 milliard dollar miqdoridagi investitsiyalar talab etiladi. Shu sababli, birinchi bosqichda kompaniya bozorda talabni o‘rganish uchun ushbu mashinalarni tayyor shaklda (CBU) olib kelishga qaror qildi, dedi Shuhrat Mirsamukov.

Agar UzAuto Motors bozorda o‘z o‘rnini topa olsa va sotish hajmi o‘sib, ishlab chiqarishni boshlash uchun zarur bo‘lgan darajaga yetsa, kompaniya mamlakatda ushbu modellarni ishlab chiqarish uchun investitsiyalarni jalb qiladi", dedi boshqarma boshlig‘i.

«Ma’lumki, 40 ming dollar va undan yuqori qiymatga ega bo‘lgan avtomobillar importiga bojxona to‘lovlari pasaytirilgandan so‘ng, tashqi bozordan [premium] segmentidagi avtomobillar kirib kela boshladi. Ushbu segmentda BMW importi 2018 yilga nisbatan 400 baravar, Toyota hajmi 200 baravar oshdi. Vaziyatni o‘rganib chiqqach, biz ushbu kompaniyalar bilan raqobat strategiyasini ishlab chiqdik», — dedi Shuhrat Mirsamukov.

2019 yildan boshlab O‘zbekiston 40 ming dollar va undan yuqori qiymatdagi avtomobillarni olib kirishda imtiyozga ega bo‘ldi. Ammo 1 yanvardan boshlab ushbu imtiyoz bekor qilindi. Strategik rejalashtirish, tahlil va rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Rustam Qodirovning ta’kidlashicha, UzAuto Motors kompaniyasi boj stavkalarini belgilash jarayoniga aralashmaydi.

«Biz aksiyadorlik jamiyatimiz, biz butun O‘zbekistonning bojxona siyosatini olib boruvchi tashkilot emasmiz. Menimcha, bironta ham vazirlik boj stavkalarini xohlaganicha o‘zgartirishga qodir emas. Bizda Vazirlar Mahkamasi bor, mamlakat rahbari… Bir kishi yoki bitta vazirlik bunga qodir emas. Davlat strategiyasi mavjud, uning asosida biz strategiyamizni aniqlaymiz», — dedi Rustam Qodirov.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 196
  • O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan? 22 apr, 18:53 159
  • Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi 22 apr, 16:22 214
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 139
  • Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi avtomobil zavodi faoliyati bilan tanishdi (foto) 08 apr, 20:30 373
  • O‘zbekistonda elektromobillarga o‘tish tendensiyasi qanday ketyapti? 03 apr, 20:28 209
  • So'nggi yangiliklar
  • Sankt-Peterburgda 24 yoshli o‘zbekistonlik yigit o‘g‘irlab ketildi 27 apr, 18:37 1
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 0
  • Jasurbek Jaloliddinov: "Bugun maydonda qo‘rqqan jamoa yutqazdi" 27 apr, 17:52 1
  • Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi: " Bu bizga yaxshi tajriba bo‘ldi va uning samarasini Jahon chempionatida ko‘rsatamiz" 27 apr, 17:30 15
  • Xose Venansio Lopes: "Ushbu Osiyo kubogidan mamnunman" 27 apr, 17:22 17
  • Saudiya Arabistoni U-23 bosh murabbiyi: "Shogirdimning chetlatilishiga O‘zbekiston terma jamoasining taktikasi sabab bo‘ldi" 27 apr, 17:19 39
  • Vohid Shamsai: "O‘zbekiston Osiyoda bizga eng yaqin va eng qiyin raqiblardan biri ekanligini amalda ko‘rsatdi" 27 apr, 17:11 27
  • Yevroittifoq O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun 6 million yevro ajratdi 27 apr, 16:27 15
  • AQSH razvedka idoralari Rossiya rahbariyatini Navalniyning o‘limiga aloqador deb hisoblamaydi 27 apr, 16:21 37
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 19
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 53
  • Sankt-Peterburgda ayollarni yong‘indan qutqargan qahramon o‘zbek kim edi? 27 apr, 14:14 156
  • Bo‘limlar