“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 05:51
ЎЗO‘Z

1 yanvardan bodi-kamerasiz xodim haydovchilarni to‘xtatishi mumkin emas

20 okt, 14:05 4 073 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
1 yanvardan bodi-kamerasiz xodim haydovchilarni to‘xtatishi mumkin emas Foto: IIV matbuot xizmati
Vazirlar Mahkamasining «Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to‘g‘risida»gi qaroriga asosan, yo‘l-patrul xizmati inspektorlari bodi-kameradan foydalangan holda ishlashlari belgilangan. Hozirda Toshkentda mobil videokameralarni test rejimida sinovdan o‘tkazish ishlari amalga oshirilmoqda.

«Sinov davomida kameralar turli ob-havo sharoitlarida va ko‘rinishlarda, har xil holatlarda hamda vaziyatlarda ishlatib ko‘riladi», — deyiladi IIV axborotida. Qayd etishlaricha, sinov tekshiruvlarida aniqlangan kamchiliklar kameralarni ishlab chiqaruvchilarga yetkaziladi va bartaraf etiladi. Shuningdek, ma’lumotlarni saqlash qurilmalari, dasturiy ta’minot ham sinovdan o‘tkaziladi.

Foto: IIV matbuot xizmati
Bodi-kamera bilan ishlash jarayonida xodim yo‘l harakati qatnashchisini to‘xtatganidan keyin uning oldiga borib, o‘zini tanishtiradi va lavozimi, unvoni, familiyasi haqida ma’lumot beradi, shuningdek, mobil videokameradan foydalanayotganini ma’lum qiladi va kelgusida noqonuniy xatti-harakatlar sodir etsa, aybini isbotlash uchun undagi videoyozuvdan foydalanishi mumkinligi haqida ogohlantiradi.

Foto: IIV matbuot xizmati
«Bodi-kameralarning ishga tushirilishi, birinchi navbatda, shu soha vakillari uchun zarur. Chunki kameralar orqali vaziyatni doimo nazorat qilib turish imkoniyati oshadi. Nazorat kuchaytirilgan joyda esa tartib-intizom bo‘ladi. Kameralar esa har bir holatni oshkora ko‘rsatib beradi. Shu sababli barcha harakat ishtirokchilarini Yo‘l harakati qoidalariga qat’iy amal qilishga chaqiramiz», — deya qo‘shimcha qilingan vazirlik axborotida.

O‘zbekistonda ichki ishlar organlari xodimlari bodi-kameralar bilan ishlay boshlashi haqida ilk bor 2017 yil 22 dekabrida aytilgan, muddat sifatida 2018 yilning 10 fevrali ko‘rsatilgan edi. Keyinchalik muddat 1 martga ko‘chdi, keyinroq sentyabrda bo‘ladi, deyildi. 2018 yil dekabrida hukumat tomonidan qabul qilingan qarorda yangi muddat — 2019 yil 1 iyuli ko‘rsatildi.

2019 yil 3 iyulida esa hukumat bodi-kameralar bo‘yicha yangi qaror qabul qildi. Unga ko‘ra, ichki ishlar organlari xodimlarining bodi-kameradan foydalangan holda ishlashga o‘tish muddati 2020 yil 1 yanvargacha kechiktirildi. Bunga Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi va IIV rahbariyati tomonidan yo‘l qo‘yilgan ortiqcha sansolarlik va byurokratizm sabab bo‘lgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 208
  • O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan? 22 apr, 18:53 165
  • Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi 22 apr, 16:22 225
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 142
  • Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi avtomobil zavodi faoliyati bilan tanishdi (foto) 08 apr, 20:30 374
  • O‘zbekistonda elektromobillarga o‘tish tendensiyasi qanday ketyapti? 03 apr, 20:28 213
  • So'nggi yangiliklar
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 61
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 29
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 10
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 16
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 128
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 62
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 45
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 148
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 149
  • Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi 03 мая, 23:03 52
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 85
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 85
  • Bo‘limlar