“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 20:48
ЎЗO‘Z

Afrikalik diktator vorisining hashamatli mashinalari sotuvga qo‘yildi

30 sen, 00:23 5 131 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Afrikalik diktator vorisining hashamatli mashinalari sotuvga qo‘yildi Ekvatorial Gvineyaning prezidenti Teodor Obianga Ngema o‘g‘li va vitse-prezidenti Teodorin Obianga Ngemadan musodara qilingan 25 ta hashamatli avtomobil Shveysariyada sotuvga qo‘yildi. Bu haqda Kun.uz xabar berdi.

Auksionni olib boradigan Bonhams auksion uyining baholashicha, superkarlarning umumiy qiymati 18,7 mln dollarni tashkil qiladi.
Jenevadagi golf-klubda namoyishga qo‘yilgan avtomobillar orasida 7 ta Ferrari, 3 ta Lamborghini, 5 ta Bentley, Maserati va McLaren avtomobili bor.

Ular orasidagi eng mashhur avtomobil Lamborghini Veneno Roadster bo‘lib, undan bor-yo‘g‘i 9 dona ishlab chiqarilgan. Bu mashina uchun 5 mln dollar olish ko‘zlanmoqda. Mashina kapotida Ngemaning ismi-sharifi bosh harflari tushirilgan.
Yana bir yirik lot Ferrari’ning cheklangan miqdorda chiqarilgan LaFerrari poyga superkari hisoblanadi.

Avtomobillar Shveysariya sudi tomonidan 2016 yilda Ngemaga qarshi ish ochilgandan keyin musodara qilingan. 2019 yil fevralda Shveysariya prokuraturasi avtomobillar musodara qilinishi evaziga Ekvatorial Gvineya prezidentining o‘g‘liga qo‘yilgan ayblovlarni bekor qilishini aytgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 208
  • O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan? 22 apr, 18:53 163
  • Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi 22 apr, 16:22 224
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 142
  • Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi avtomobil zavodi faoliyati bilan tanishdi (foto) 08 apr, 20:30 374
  • O‘zbekistonda elektromobillarga o‘tish tendensiyasi qanday ketyapti? 03 apr, 20:28 212
  • So'nggi yangiliklar
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 7
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 11
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 5
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 105
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 86
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 184
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 141
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 57
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 80
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 56
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 179
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 94
  • Bo‘limlar