“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 15:45
ЎЗO‘Z

UzAuto Market startap-maydonchasi birinchi kashfiyotchilarni qabul qildi

28 sen, 14:33 3 185 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
UzAuto Market startap-maydonchasi birinchi kashfiyotchilarni qabul qildi Foto: O‘zavtosanoat
Toshkentdagi Turin politexnika universitetida “O‘zavtosanoat” AJ boshqaruvi raisi Shavkat Umurzoqovning talabalar va O‘zbekistonning yosh kashfiyotchilari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv yosh novatorlarga o‘z g‘oyalari va kashfiyotlarini amalga oshirishda har tomonlama ko‘mak berishga yo‘naltirilgan UzAuto Market innovatsion startap-maydonchasi loyihasi doirasida o‘tkazildi.

Shavkat Umurzoqov bugungi kunda yosh kashfiyotchilarga e’tibor berish va har tomonlama qo‘llab-quvvatlash ahamiyatli ekanligini qayd etdi. Avtomobilsozlikning o‘ziga xosligi va murakkabligi inobatidan, kashfiyotlar va g‘oyalarning asosiy qismi amalga oshirilmay, qog‘ozda qolib ketadi, bu katta sarf-xarajatlar va boshqa muammolar bilan bog‘liq. Shuningdek, har qanday uskuna va mexanizmlarning yuksak texnologik, shuningdek oddiy jihozlari va detallari xorijdan keltiriladi, vaholanki, shu yerning o‘zida ularni ishlab chiqarish va ishlab chiqishni tatbiq etish mumkin.

Uchrashuv davomida ishtirokchilarga startap-maydonchasi imkoniyatlari va hamkorlik istiqbollari taqdim etildi. Har qanday murakkablikdagi loyihalarni amalga oshirish uchun startaplar mualliflari Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti qoshidagi UzAuto Innovatsion Markazi imkoniyatlaridan foydalanishlari mumkin bo‘ladi. Markazning UzAuto Market startap-maydonchasining ishtirokchilari qo‘llab-quvvatlay olishlari mumkin bo‘lgan asosiy yo‘nalishlari – bu ilmiy faoliyat, amaliy va innovatsion tadqiqotlar, shuningdek ta’lim va kasbiy qayta tayyorgarlikdir. Bundan tashqari, startap-maydoncha doirasida ishtirokchilar o‘rtasida turli tanlovlar va xakatonlar o‘tkazish ham rejalashtirilgan.

UzAuto Market innovatsion startap-maydonchasi yosh kashfiyotchilar va novatorlarga qanday yordam berishi mumkin?

· Yosh kashfiyotchilar va novatorlar uchun doimiy seminarlar va treninglar tashkil etiladi, ularga turli yo‘nalishlar bo‘yicha yuqori toifali mutaxassislar jalb qilinadi.

· Bilimlar sifatini yaxshilash va ixtisoslikka chuqurroq kirishish uchun mentorlik va ustozlik tizimi ishlab chiqiladi.

· Boshlovchi tadbirkorlar va yosh kashfiyotchilar tadbirkorlik faoliyatida va o‘z kashfiyotlarini ro‘yxatga olish uchun zarur bo‘lgan yuristlar, moliyachilar va boshqa mutaxassislar konsultatsiyasidan foydalanishlari mumkin.

· Har qanday g‘oyalarini amalga oshirish uchun ishtirokchilarga, zarur hollarda, barcha kommunikatsiyalarga ega ish o‘rni, laboratoriya, stanoklar va boshqa kerakli asbob-uskunalar va moslamalar taqdim etiladi.

O‘z navbatida, yosh mutaxassislar “O‘zavtosanoat” AJ boshqaruvi raisiga avtomobilsozlikda qo‘llaniladigan o‘z ishlanmalari va g‘oyalarini taqdim etdilar. Taqdim etilgan loyihalar orasida ham avtomobilsozlik sohasidagi ishlanmalar, ham boshqa tarmoqlarda qo‘llaniladigan loyihalar mavjud. Masalan, avtomobilsozlikka oid turli uskunalar, elektromobillar va robotlar bilan bir qatorda biometrik protez va ko‘zi ojizlar uchun hassa loyihalari taqdim etildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 196
  • O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan? 22 apr, 18:53 159
  • Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi 22 apr, 16:22 214
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 139
  • Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi avtomobil zavodi faoliyati bilan tanishdi (foto) 08 apr, 20:30 373
  • O‘zbekistonda elektromobillarga o‘tish tendensiyasi qanday ketyapti? 03 apr, 20:28 208
  • So'nggi yangiliklar
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 0
  • Sankt-Peterburgda ayollarni yong‘indan qutqargan qahramon o‘zbek kim edi? 27 apr, 14:14 0
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 3
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 18
  • Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi 27 apr, 12:35 10
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 39
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 44
  • AQSHda benzin va propan olib ketayotgan poyezd relsdan chiqib, yonib ketdi 27 apr, 11:21 40
  • Surxondaryo viloyatida o‘rik pishdi (foto) 27 apr, 10:37 54
  • Laporta Xavini qanday va’dalar bilan olib qoldi? 27 apr, 10:16 55
  • ILMA bukmekerlikka oid farmon haqida: Mablag‘lar mamlakatdan chiqib ketishining oldini olishga qaratilgan 27 apr, 10:10 34
  • Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ishchi odamlarni yong‘indan qutqardi 27 apr, 07:00 260
  • Bo‘limlar