“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 04:05
ЎЗO‘Z

Ko‘rinishi Mercedes AMG’ga o‘xshaydigan Qo‘qon elektromobillari (video)

24 sen, 17:39 10 590 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ko‘rinishi Mercedes AMG’ga o‘xshaydigan Qo‘qon elektromobillari (video) Bloger Alan Yenileyev O‘zbekistonda ishlab chiqarilishi kutilayotgan elektromobilni sinovdan o‘tkazdi. U tegishli videorolikni YouTube’dagi kanalida e’lon qilgan. Videoning nusxasini Mover’da ham tomosha qilish mumkin, deb xabar bermoqda Daryo nashri.

Rolikdagi avtomobillar Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qo‘qonga tashrifi davomida namoyish etilgan mashinalarga (orqa tomonidan) o‘xshaydi. O‘shanda Prezident elektromobillarning iqtisodiy samaradorligiga alohida e’tibor qaratgan edi.

Xitoyning Silk Road Company kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihaning umumiy qiymati 30 million dollar bo‘lib, shundan 24 million dollari xorijiy investitsiyadir.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, Qo‘qonda ishlab chiqarilishi kutilayotgan ushbu elektromobillarning taxminan narxi 3 ming dollar atrofida bo‘ladi. Birinchi yilda 2 ming dona mashina chiqarish rejalashtirilgan.

Ushbu elektromobil bir marta to‘liq quvvatlantirilgach, 150 kilometrgacha yo‘l bosa olishi aytilmoqda. Videoda bloger Yenileyev Qo‘qon elektromobillari nafaqat oldidagi belgisi, balki ichki va tashqi ko‘rinishi bilan ham Mercedes AMG’ga o‘xshashiga e’tibor qaratgan.

Ma’lumot uchun, «Qo‘qon» erkin iqtisodiy zonasida 2023 yildan boshlab Hyundai Ioniq xetchbeki va Hyundai Kona krossoveri ishlab chiqarilishi kutilmoqda — ularning har ikkisi elektromobildir. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, Hyundai Motor va Evergreen Motors bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan loyiha doirasida yiliga 10 mingta elektrokar yig‘ilishi kutilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 207
  • O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan? 22 apr, 18:53 163
  • Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi 22 apr, 16:22 223
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 141
  • Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi avtomobil zavodi faoliyati bilan tanishdi (foto) 08 apr, 20:30 374
  • O‘zbekistonda elektromobillarga o‘tish tendensiyasi qanday ketyapti? 03 apr, 20:28 212
  • So'nggi yangiliklar
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 20
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 13
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 25
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 24
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 52
  • Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi 01 мая, 23:28 35
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 32
  • Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi 01 мая, 22:44 141
  • Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi 01 мая, 22:22 28
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 117
  • Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi 01 мая, 21:36 81
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 73
  • Bo‘limlar