“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 05:49
ЎЗO‘Z

Import qilinayotgan avtomashinalarga davlat boji 2 baravarga tushirilishi kutilmoqda

10 sen, 12:03 4 169 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Import qilinayotgan avtomashinalarga davlat boji 2 baravarga tushirilishi kutilmoqda Soʻnggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda va turli veb-saytlarda deputatlar tomonidan birinchi oʻqishda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi koʻplab muhokamalarga sabab boʻlmoqda. Qonun loyihasi bilan transport vositalari uchun utilizatsiya yigʻimi joriy etishni koʻzda tutuvchi qoʻshimchalar kiritilmoqda.

Qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Oʻzbekiston “Adolat” SDP fraksiyasi yigʻilishida ham koʻrib chiqildi va koʻplab bahs-munozaralarga sabab boʻldi, deb xabar qilmoqda “Adolat” SDP matbuot xizmati.

Fraksiya aʼzolari Qonun loyihasining konsepsiyasini, xususan, ekologik xavfsizlikni taʼminlash, fuqarolar salomatligi va atrof-muhitni transport vositalarning isteʼmol xususiyatlarini yoʻqotish oqibatida vujudga kelgan chiqindilarning zararli taʼsiridan himoya qilish maqsadida ishlab chiqilganini toʻla qoʻllab-quvvatlashlarini bildirishgan. Faqatgina aholi manfaatlaridan kelib chiqqan holda ushbu toʻlovlardan tushgan mablagʻlarning sarflanish mexanizmi toʻliq ochib berilmagani, yigʻimning joriy etilishi import qilinayotgan va mahalliy avtomobillar narxiga taʼsiri boʻyicha qonun tashabbuskorlariga savollar bilan murojaat etishgan.

- Mazkur toʻlovlarning joriy qilinishi xalqimiz va isteʼmolchilarni oʻylantirayotganidek, narxlar oshishiga olib kelmaydi – dedi “Oʻzavtosanoat” AK vakili Rustam Qodirov. – Bu yigʻimni mahalliy avtomobil ishlab chiqaruvchilarimiz lokalizatsiyani kengaytirish, ichki zaxiralarni ishga solish orqali oʻz boʻyniga oladi. Xorijda ishlab chiqarilgan avtomobillar uchun ham alohida yondashilmoqda. Jumladan, hozirda Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi tayyorlangan boʻlib, unga koʻra mamlakatimizga import qilinayotgan avtomobillarga davlat boji stavkalari ikki baravarga tushirilishi rejalashtirilmoqda. Bundan koʻrinib turibdiki, utilizatsiya yigʻimini joriy etish oʻzimizda ishlab chiqarilayotgan va import qilinayotgan avtomobillar narxiga hech qanday taʼsir qilmaydi.

Fraksiya aʼzolari qonun loyihasidagi boshqa bir qator masalalarni ikkinchi oʻqishgacha toʻgʻrilash boʻyicha oʻz taklif va tavsiyalarini berishdi va qonun loyihasi konseptual jihatdan qoʻllab-quvvatlandi, deyiladi xabarda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida Trade-up dasturi joriy etiladi 18 мая, 09:32 183
  • General Motors Malibu ishlab chiqarishni to‘xtatadi 10 мая, 21:27 218
  • Avtomashinani qayta ro‘yxatdan o‘tkazish yig‘imi avvalgi miqdorga qaytarildi 09 мая, 14:25 245
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 240
  • O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan? 22 apr, 18:53 186
  • Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi 22 apr, 16:22 237
  • So'nggi yangiliklar
  • Eron oliy rahnamosi prezident aviahalokatga uchraganiga munosabat bildirdi 20 мая, 01:37 64
  • Vitaliy Levchenko: "Bugun mag‘lubiyatga loyiq emas edik" 20 мая, 01:29 19
  • Samvel Babayan: "Bugungi futbol bayramida biz g‘olib bo‘ldik. Bunday derbilarda katta bo‘lganman" 20 мая, 01:22 18
  • Lavrov: Putin va Si Szinpin Xitoyning global xavfsizlik bo‘yicha tashabbusini muhokama qildi 20 мая, 00:08 20
  • Putin va Si Szinpin uchrashuvidagi "ishora" shtatlarda vahima uyg‘otdi 19 мая, 23:45 119
  • Putin Xitoy talabalariga qanday maslahat berdi? 19 мая, 23:20 77
  • Mirjalol Qosimov: "Bugun ochiq futbol guvohiga aylandik" 19 мая, 23:01 48
  • Ivan Boshkovich: "Jami 8 ta gol urilgan o‘yinda natija biz uchun ko‘ngildagidek bo‘lmadi" 19 мая, 22:45 46
  • Para dzyudochilarimiz Tbilisi Gran-prisini 5 ta medal bilan yakunlashdi 19 мая, 22:40 27
  • Sobiq razvedkachi: F-16 qiruvchilari Ukraina uchun la’natga aylanadi 19 мая, 22:30 350
  • APL. “Manchester Siti” ketma-ket 4 marta Angliya chempionligini qo‘lga kiritdi 19 мая, 22:08 92
  • Erdo‘g‘on 1997 yilgi to‘ntarishda ayblangan generallarni afv etdi 19 мая, 21:45 112
  • Bo‘limlar