“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 06:22
ЎЗO‘Z

Deputatlar mashina narxini yana-da qimmatlashtiradigan qonun loyihasini qabul qilmadi

05 sen, 18:00 5 051 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Deputatlar mashina narxini yana-da qimmatlashtiradigan qonun loyihasini qabul qilmadi Oliy majlis Qonunchilik palatasi «Utilizatsiya yig‘imi» qonun loyihasini qabul qilmadi. Garchi ushbu qonun orqali tabiatni muhofaza qilish iddao qilingan bo‘lsa-da, deputatlar e’tiroz bildirgan va shundoq ham qimmat bo‘lgan avtomobil narhini yana-da oshishiga olib kelishini bildirgan. Bu haqda deputat Rasul Kusherbayev ma’lum qilib o‘tdi.

«Kunning birinchi yarmida ekologik vaziyatni yaxshilash maqsadida avtomobillar utilizatsiyasi uchun «Utilizatsiya yig‘imi»ni joriy etishga qaratilgan qonun loyihasi O‘zLiDeP fraksiyasi yig‘ilishida deputatlar tomonidan qattiq e’tiroz va ikkilanishga sabab bo‘ldi.

So‘zga chiqqan deputat hamkasblarimiz mutaxassislardan bunday tartib kiritilishini asoslab berishni so‘rashdi, biroq tayinli javob bo‘lmadi. Men ham yig‘imni joriy qilishda ekologik vaziyatni yaxshilash bosh maqsad ekanligiga shubham borligini bildirdim. Shundoq ham qimmat avtomobillar utilizatsiya yig‘imi joriy qilinsa yanada qimmatlamasligiga kim kafolat beradi? «Ekologiya» — juda yaxshi bahona topildi.

Xullas fraksiya a’zolarining e’tirozlaridan ko‘rindiki qonun loyihasi ovozga qo‘yilsa qo‘llab-quvvatlanmaydi, shu bois iltimosga ko‘ra, ma’lum muddatga kun tartibidan chiqarib tashlandi.

Bunaqa ko‘rinish va ahvoldagi loyihani yaqin orada o‘tkazmasak kerak. Agar yana... Xullas hammaga insof va chidam», — deya yozadi Kusherbayev.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 209
  • O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan? 22 apr, 18:53 166
  • Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi 22 apr, 16:22 226
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 142
  • Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi avtomobil zavodi faoliyati bilan tanishdi (foto) 08 apr, 20:30 381
  • O‘zbekistonda elektromobillarga o‘tish tendensiyasi qanday ketyapti? 03 apr, 20:28 213
  • So'nggi yangiliklar
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 0
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 76
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 20
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 86
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 34
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 31
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 98
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 91
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 33
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 76
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 54
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 53
  • Bo‘limlar