“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 04:20
ЎЗO‘Z

761 ot kuchi, quvvatlanishsiz 450 km: Porsche o‘zining ilk elektromobilini taqdim qildi

05 sen, 11:02 4 149 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
761 ot kuchi, quvvatlanishsiz 450 km: Porsche o‘zining ilk elektromobilini taqdim qildi Foto: EPA/FREDERIK VON ERICHSEN
Germaniyaning Porsche kompaniyasi o‘zining ilk elektromobili – sport sedani Taycan’ni taqdim qildi.
Bu Porsche’ning faqat elektr motorda ishlovchi ilk avtomobili hisoblanadi. Mashina uchta eng yirik avtomobil bozori – AQShda Niagara sharsharasi, Xitoyda shamol elektr stansiyasi va Germaniyada quyosh elektr stansiyasi yonida namoyish qilingan.

Ma’lum qilinishicha, kompaniya modelning dastlab ikki qimmatbaho versiyasi – Turbo S (185 ming dollar) va Turbo’ni (151 ming dollar) namoyish qilgan. Ushbu modelning keyinroq bozorga chiqadigan bazaviy varianti 100 ming dollardan kamroq turadi. Yangi Porsche boshqa elektromobillardan akkumulyatorlarning o‘ta tez quvvatlanishi kabi bir qator texnologik xususiyatlari bilan ajralib turadi.

Taycan asosida elektr motorlarga ega modellarga mo‘ljallangan PPE (Premium Platform Electric) arxitekturasi yotadi. Turbo 680 ot kuchiga ega, Turbo S esa 761 ot kuchiga ega dvigatel bilan jihozlanadi. Dvigatellar sig‘imi 93,4 kVt-soatni tashkil qiluvchi litiy-ionli batareyadan quvvatlanadi.

Bazaviy variant Turbo 100 km/soat tezlikka 3,2 soniyada erisha oladi, bir quvvatlanishda esa 450 km yo‘l bosa oladi. Taycan Turbo S 100 km/soat tezlikka 2,8 soniyada erishadi, bir quvvatlanishda esa 412 km yo‘l bosa oladi. Ikkala mashinaning maksimal tezligi 260 km/soatni tashkil qiladi.

Porsche Taycan 800 volt kuchlanishli elektr tizim bilan jihozlangan ilk seriyali avtomobil bo‘lib, elektrokarning batareyasini o‘zgaruvchan tok (11 kilovatt) va doimiy tok (270 kilovattgacha) terminalidan quvvatlash mumkin. Batareyani 5 daqiqa quvvatlash 100 km yo‘l bosib o‘tishga yetadi. Akkumulyator 22 daqiqada 80 foizga to‘ladi.

Mashina salonida 5 ta ekran o‘rnatilgan: virtual asboblar panelini ko‘rsatuvchi 16,8 dyuymli egik ekran, 10,9 dyuymli multimedia tizimi ekrani, markaziy konsolga o‘rnatilgan 8,4 dyuymli ekran. Shuningdek, old o‘rindiqdagi va orqa o‘rindiqdagi yo‘lovchilar uchun yana ikkita qo‘shimcha ekran o‘rnatish mumkin.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 209
  • O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan? 22 apr, 18:53 167
  • Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi 22 apr, 16:22 226
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 143
  • Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi avtomobil zavodi faoliyati bilan tanishdi (foto) 08 apr, 20:30 383
  • O‘zbekistonda elektromobillarga o‘tish tendensiyasi qanday ketyapti? 03 apr, 20:28 213
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 18
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 36
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 14
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 97
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 54
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 38
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 46
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 156
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 76
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 59
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 57
  • Eron chempionati. Oston O‘runovning dubli "Persepolis"ga g‘alaba keltirdi 06 мая, 22:12 145
  • Bo‘limlar