“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 17:45
ЎЗO‘Z

UzAuto Motors kompaniyasi mijozlarga ogohlantirish bilan chiqdi

14 avg, 19:10 5 478 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
UzAuto Motors kompaniyasi mijozlarga ogohlantirish bilan chiqdi UzAuto Motors AJ avtomobil xarid qilish jarayonida korrupsiya holatlarining oldini olish maqsadida mijozlarga murojaat bilan chiqdi. Unda, ma’lum bir modeldagi avtomobillar uchun shartnomalar yo‘qligi, yoxud qo‘shimcha pul talab qilish holatlariga duch kelgan xaridorlar kompaniyaning ishonch telefonlariga qo‘ng‘iroqq qilishlari mumkinligi ta’kidlangan.

«Rasmiy dilerlarda UzAuto Motors kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladigan avtomobillarning barcha rang va to‘plamlariga shartnomalar mavjudligini ma’lum qilamiz. Agar siz avtomobil xaridi jarayonida u yoki bu modeldagi avtomobil uchun shartnoma yo‘qligi, yetkazib berish muddatining uzoqligi kabi vajlar bilan qo‘shimcha pul mablag‘larini talab qilish holatlariga duch kelsangiz, UzAuto Motors komaniyasining ishonch telefonlariga 78 141-77-77 raqami orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz», - deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, kompaniya yangi avtomobillar savdosida tovlamachilik va boshqa korrupsion harakatlarning oldini olish, avtomobillar savdosida shaffoflikni ta’minlash maqsadida «Uzavtosavdo» mobil ilovasini ishga tushirgan. Agarda ilovada zarur avtomobil yo‘q bo‘lsa, buyurtma to‘g‘ridan-to‘g‘ri avtomobil zavodiga yuboriladi. Mazkur ilova orqali xaridor o‘zi istagan avtomobilning rangi va rusumini tanlab unga shartnoma olishi mumkin.

«Uzavtosavdo» ilovasi xaridorga barcha jarayonlarni boshidanoq nazorat qilish, o‘z navbati va avtomobilni olish sanasini bilib borish imkonini beradi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 196
  • O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan? 22 apr, 18:53 161
  • Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi 22 apr, 16:22 215
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 139
  • Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi avtomobil zavodi faoliyati bilan tanishdi (foto) 08 apr, 20:30 373
  • O‘zbekistonda elektromobillarga o‘tish tendensiyasi qanday ketyapti? 03 apr, 20:28 210
  • So'nggi yangiliklar
  • Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi 28 apr, 16:33 0
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 0
  • Toshkentda fuqarolarga hujjatsiz uylarni sotganlar qidirilmoqda 28 apr, 15:20 1
  • Osiyo kubogi. O‘zbekiston penaltilar seriyasida Tojikistonni mag‘lub etdi va bronza medallarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 14:55 54
  • Xitoyda tornado besh kishining umriga zomin bo‘ldi (video) 28 apr, 14:55 22
  • Ilon Mask kutilmaganda Xitoyga bordi. Nega? 28 apr, 14:28 76
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 45
  • “Barsa” ikki yulduz uchun bittasini “qurbon” qiladi 28 apr, 13:37 39
  • Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi! 28 apr, 13:20 115
  • O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di 28 apr, 12:45 85
  • “Bayer” yangi asrning yangi rekordini o‘rnatdi 28 apr, 12:20 61
  • Harri Keyn takrorlanmas rekord o‘rnatdi 28 apr, 12:00 86
  • Bo‘limlar