“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 17:27
ЎЗO‘Z

UzAuto Motors: «Barcha rang va komplektatsiyalarga shartnoma bor. Tovlamachilardan ehtiyot bo‘ling»

14 avg, 09:53 5 165 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
UzAuto Motors: «Barcha rang va komplektatsiyalarga shartnoma bor. Tovlamachilardan ehtiyot bo‘ling» UzAuto Motors kompaniyasi o‘z mahsulotlarini xaridorlarga yetkazib berishda tovlamachilik holatlari ro‘y berishi mumkinligidan ogohlantirdi.

«Hurmatli xaridorlar!

Sizga ayni damda rasmiy dilerlarda savdoda UzAuto Motors kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladigan avtomobillarning barcha rang va komplektatsiyalariga shartnomalar mavjudligini ma’lum qilamiz. Agarda Siz avtomobil xaridi jarayonida u yoki bu modeldagi avtomobil uchun shartnoma yo‘qligi, yetkazib berilish muddatining uzoqligi kabi vajlar bilan qo‘shimcha pul mablag‘larini talab qilish holatlariga duch kelsangiz UzAuto Motors kompaniyasining ishonch telefonlariga 78 141-77-77 raqamlari orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Kompaniya bu kabi tovlamachilik va boshqa korrupsion harakatlarning oldini olish va avtomobillar savdosida shaffoflikni ta’minlash maqsadida «Uzavtosavdo» mobil ilovasini ishga tushirgan. Agarda ilovada zarur avtomobil yo‘q bo‘lsa, buyurtma to‘g‘ridan-to‘g‘ri avtomobil zavodiga yuboriladi. Mazkur ilova orqali xaridor o‘zi istagan avtomobilning rangi va rusumini tanlab unga shartnoma olishi mumkin. «Uzavtosavdo» ilovasi xaridorga barcha jarayonlarni boshidanoq nazorat qilish, o‘z navbati va avtomobilni olish sanasini bilib borish imkonini yaratmoqda.

Ogoh bo‘ling!» — deyiladi bayonotda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 208
  • O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan? 22 apr, 18:53 166
  • Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi 22 apr, 16:22 225
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 142
  • Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi avtomobil zavodi faoliyati bilan tanishdi (foto) 08 apr, 20:30 375
  • O‘zbekistonda elektromobillarga o‘tish tendensiyasi qanday ketyapti? 03 apr, 20:28 213
  • So'nggi yangiliklar
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 0
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 0
  • Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi 04 мая, 16:10 2
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 2
  • Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi 04 мая, 15:21 8
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 18
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 37
  • Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar 04 мая, 14:10 12
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 42
  • G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori" 04 мая, 13:18 50
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 34
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 30
  • Bo‘limlar