“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 04:53
ЎЗO‘Z

Fiat Chrysler O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi

12 avg, 15:38 4 217 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Fiat Chrysler O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi Fiat Chrysler Automobiles Italiya-Amerika konserni O‘zbekiston avtomobil sanoatiga sarmoya kiritmoqchi. Bu haqda kompaniya vitse-prezidenti Yusuf Hajasga tayanib, «O‘zbekiston24» telekanalining «Tahlilnoma» ko‘rsatuvida xabar qilindi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.

«Fiat Chrysler Automobiles respublikada chet el sarmoyasini jalb etgan holda avtomobillar ishlab chiqaradigan korxona tashkil etish orqali sanoat hamkorligini o‘rnatishdan manfaatdordir», - deydi Hajas.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya tomonidan Turkiyada amalga oshirilayotgan Tofaş loyihasidan O‘zbekistonda korxona tashkil etish uchun qo‘llanma sifatida foydalanish taklif qilinmoqda.

Tofaş - yengil avtomobillar ishlab chiqaruvchi turk kompaniyasi. Kompaniya Fiat Chrysler Automobiles hamda Koç Holding’ga tegishli. U Turkiyada ham yengil avtomobillar, ham yengil tijorat transport vositalarini ishlab chiqaradigan yagona avtomobil ishlab chiqaruvchidir. Tofaş Fiat, Citroen, Peugeot, Opel va Vauxhall brendlari ostida avtomobillar ishlab chiqaradi.

Xabar berilishicha, bugungi kunda O‘zbekiston Fiat brendi ostida Tipo, Fiorino va Doblo modellarini ishlab chiqaradigan ikkinchi korxona tashkil qilish uchun eng maqbul joy sifatida qaralmoqda.

«Bundan tashqari, 2021 yilda Tofaş krossoverlar ishlab chiqarishni boshlashni rejalashtirmoqda va kelajakda O‘zbekistonda ham ishlab chiqarilishi mumkin bo‘lgan pikap modelini ishlab chiqish ustida ishlamoqda», - dedi Hajas.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 216
  • O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan? 22 apr, 18:53 171
  • Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi 22 apr, 16:22 231
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 147
  • Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi avtomobil zavodi faoliyati bilan tanishdi (foto) 08 apr, 20:30 389
  • O‘zbekistonda elektromobillarga o‘tish tendensiyasi qanday ketyapti? 03 apr, 20:28 219
  • So'nggi yangiliklar
  • Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi” 08 мая, 00:13 45
  • Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi? 07 мая, 23:49 109
  • Apple yangi iPad Air va iPad Pro taqdimotini o‘tkazdi 07 мая, 23:25 26
  • Mirjalol Qosimov: "O‘yinni tashlab yubormay, oxirigacha kurashganimiz meni quvontirdi" 07 мая, 23:03 55
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Tablodagi hisob 4:1 ko‘rinishiga kelganidan so‘ng xotirjamlikka berildik" 07 мая, 22:44 94
  • Kuba prezidenti harbiy paradda ishtirok etish uchun Moskvaga keldi 07 мая, 22:16 91
  • Mashhur yozuvchi Stiven King Putin va Zelenskiyga o‘zaro mushtlashishni taklif qildi 07 мая, 21:55 124
  • Amerikaliklarning 60 foizdan ortig‘i AQSH prezidentining iqtisodiy islohotlaridan norozi bo‘lmoqda 07 мая, 21:30 56
  • Superliga. OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol urildi 07 мая, 21:11 95
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 77
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 33
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 61
  • Bo‘limlar