“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 14:12
ЎЗO‘Z

Avtotransportdan foydalanishda ishonchnoma rasmiylashtirish bekor qilinadi

06 avg, 14:15 6 563 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Avtotransportdan foydalanishda ishonchnoma rasmiylashtirish bekor qilinadi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligining “Avtotransport vositalarini tasarruf etish va ularni boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomalarni rasmiylashtirish bo‘yicha” ko‘rsatmani o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish haqida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Hujjat O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2019 yil 27 fevraldagi F–5445-son “2019 yilda vazirliklar, davlat qo‘mitalari va boshqa davlat boshqaruvi organlari faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishlarini baholashning asosiy mezonlari to‘g‘risida”gi farmoyishi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 31 avgustdagi 683-son “Avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ularga ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini berish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq qabul qilinadi.

Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Ichki ishlar vazirligining 2000 yil 29 maydagi 01-526, 24/8-855-son “Avtotransport vositalarini tasarruf etish va ularni boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomalarni rasmiylashtirish bo‘yicha” ko‘rsatmasi o‘z kuchini yo‘qotgan deb topiladi.

Qayd etilishicha, mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Amaldagi ko‘rsatmaga ko‘ra, avtotransport vositalarini tasarruf etish (olish-sotish, almashtirish, hadya etish) va ularni boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomalar rasmiylashtirilganida vakolatnoma oluvchiga uning ikki nusxasi beriladi. Ishonchnomaning bir nusxasi hududiy DAN boshqarmalarining "Ro‘yxatlash va imtihon bo‘lim (bo‘linma)larida» qoldiriladi. Notarius tomonidan mazkur vakolatnoma matnida: "u tegishli avtomobil nazorati idorasida 10 kun ichida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkaziladi va ro‘yxatdan o‘tkazilmagunga qadar haqiqiy emas deb hisoblanadi" deb yozilishi shart.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 208
  • O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan? 22 apr, 18:53 166
  • Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi 22 apr, 16:22 225
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 142
  • Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi avtomobil zavodi faoliyati bilan tanishdi (foto) 08 apr, 20:30 381
  • O‘zbekistonda elektromobillarga o‘tish tendensiyasi qanday ketyapti? 03 apr, 20:28 213
  • So'nggi yangiliklar
  • Tayson Fyuri Oleksandr Usikka qarshi jang uchun Ar-Riyodga yetib bordi 05 мая, 13:49 5
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 6
  • UFC 301. Aleksandr Pantoja hakamlar qaroriga ko‘ra Stiv Ersegni mag‘lub etdi 05 мая, 13:00 6
  • O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi? 05 мая, 12:38 42
  • Ikki toifa odamlar bor: ular hech nimani qo‘lga kirita olmaydi 05 мая, 12:11 66
  • Poroshenko Rossiyada qidiruvga berilganiga javob qaytardi 05 мая, 11:48 156
  • Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda! 05 мая, 11:23 65
  • Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari... 05 мая, 11:05 168
  • 118:9: “Barselona” futbol o‘ynashni qizlardan o‘rgansin! 05 мая, 11:00 83
  • Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin... 05 мая, 10:13 62
  • Saul Alvares va Xayme Mungia ishtirokidagi jang to‘liq davom etdi 05 мая, 09:59 39
  • Messi amerikaliklarni hayratga solishda davom etmoqda 05 мая, 09:53 66
  • Bo‘limlar