“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 23:55
ЎЗO‘Z

Toshkent viloyatida fotoradarlardan qarzdorligi bor avtoulovlar jarima maydoniga jo‘natilmoqda

13 iyul, 21:03 3 335 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkent viloyatida fotoradarlardan qarzdorligi bor avtoulovlar jarima maydoniga jo‘natilmoqda Toshkent viloyatining xalqaro va davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan avtomobil yo‘llarida maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari onlayn rejimda muntazam ishlab kelmoqda. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

2019 yilning o‘tgan davri mobaynida viloyat hududida joylashgan maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali tezlikni me’yoridan oshirish holati bo‘yicha 54 ming 596 ta qoidabuzarlik aniqlandi. Ularga nisbatan tegishli tartibda qarorlar chiqarilib, qaror nusxalari «O‘zbekiston pochtasi»ning ma’lumotlarni qayta ishlash markaziga orqali qoidabuzarni sodir etgan haydovchi yoki yuridik shaxsning manziliga jo‘natilmoqda.

«Hozirgi kunda transport vositasi egalarining manzillariga sodir etilgan qoidabuzarlik yuzasidan belgilangan jarimalar to‘g‘risida ma’lumotlar yetkazilganligiga qaramasdan jarimalarni to‘lamay yurgan haydovchilar talaygina», deyiladi viloyat IIBB matbuot xizmati xabarida.

Toshkent viloyatining shahar va tumanlari kesimida tahlil qilinganda, Chinoz tumanida 547 ta, Zangiota tumanida 461 ta, Yangiyo‘l tumanida 428 ta, Qibray tumanida 206 ta, O‘rta Chirchiq tumanida 194 ta, Yuqori Chirchiq tumanida 167 ta, Parkent tumanida 106 ta, Ohangaron tumanida 104 ta, Chirchiq shahrida 98 ta, Bekobod tumanida 86 ta transport vositalari egalarining qarzdorliklari mavjudligi aniqlangan.

Ushbu qarzdorliklarni undirish uchun Toshkent viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi va Majburiy ijro byurosi xodimlari tomonidan qarzdorligi mavjud fuqarolarning avtomashinalari jarima maydoniga joylashtirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 291-moddasi talablari asosida 60 kun muddat ichida jarimalarni to‘lamaslik, jarima to‘lagunga qadar transport vositasini jarima maydoniga qo‘yishga asos bo‘ladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 208
  • O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan? 22 apr, 18:53 163
  • Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi 22 apr, 16:22 224
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 142
  • Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi avtomobil zavodi faoliyati bilan tanishdi (foto) 08 apr, 20:30 374
  • O‘zbekistonda elektromobillarga o‘tish tendensiyasi qanday ketyapti? 03 apr, 20:28 212
  • So'nggi yangiliklar
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 0
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 1
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 27
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 8
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 12
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 45
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 74
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 39
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 21
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 171
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 141
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 254
  • Bo‘limlar