“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 20:16
ЎЗO‘Z

Samarqandda sirena o‘rnatilgan 549 ta avtomashina aniqlangan

12 iyul, 12:01 4 267 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Samarqandda sirena o‘rnatilgan 549 ta avtomashina aniqlangan Buni bilmaydigan odam yo‘q hisobi — transport vositalariga uni ishlab chiqargan korxona nazarda tutmagan tovush chiqaruvchi va yorituvchi qurilmalarni o‘rnatish taqiqlangan. Biroq shunday bo‘lsa-da, avtomashinasiga turli tovush chiqaruvchi qurilmalar — «sirena», «migalka» o‘rnatganlarni ham ko‘rganmiz. Ular buni imkon qadar «GAI»larga sezdirmaslikka harakat qiladi. Biroq ko‘za kunda emas, kunida sinadi, deb yozadi Zarnews

Samarqand viloyat IIB YHXBdan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning olti oyi davomida 549 ta avtomobilga nazarda tutilmagan tovush chiqaruvchi qurilma o‘rnatilganligi aniqlangan. Tuzilgan bayonnomalarda qayd etilishicha, 196 ta holatda tashkilotlar transport vositalari va 353 holatda shaxsiy avtomobillarga sirena o‘rnatilgan. Bundan tashqari, transport vositasiga «migalka» o‘rnatish bilan bog‘liq 4 ta holat qayd qilingan.

Eslatib o‘tamiz, bunday huquqbuzarlik Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 127-moddasida belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘ladi. Ya’ni, transport vositalariga uni ishlab chiqargan korxona nazarda tutmagan tovush chiqaruvchi va yorituvchi qurilmalarni o‘rnatish, xuddi shuningdek ularni o‘zgartirib o‘rnatish — eng kam ish haqining bir baravari miqdorida jarima solinadi.

Ushbu moddaning ikkinchi qismiga ko‘ra, tegishli ruxsat olmay turib transport vositalariga tovush chiqaruvchi va yorituvchi maxsus qurilmalarni o‘rnatish, xuddi shuningdek davlat raqam belgilarini ko‘rish imkoniyatini cheklaydigan, ularni anglashga to‘sqinlik qiladigan turli ashyolar o‘rnatish va qoplama surtish — ana shu qurilmalarni musodara qilib, fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Manba: Daryo




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 216
  • O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan? 22 apr, 18:53 171
  • Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi 22 apr, 16:22 231
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 147
  • Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi avtomobil zavodi faoliyati bilan tanishdi (foto) 08 apr, 20:30 389
  • O‘zbekistonda elektromobillarga o‘tish tendensiyasi qanday ketyapti? 03 apr, 20:28 219
  • So'nggi yangiliklar
  • Shavkat Mirziyoyev beshta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi 07 мая, 19:36 5
  • AQSH elchisi «oddiy, ammo inqilobiy g‘oya» haqida gapirdi 07 мая, 19:08 13
  • Ovqat yegingiz kelmasligi salomatlikdagi jiddiy o‘zgarishlar alomati bo‘lishi mumkin 07 мая, 18:41 12
  • Fayzullayev Olimpiadada ishtirok etishi borasidagi savolga nima deb javob berdi? 07 мая, 18:18 58
  • Dollar kursi yana «sakradi» 07 мая, 18:02 55
  • Fayzullayevga tanqid qanday ta’sir qildi? 07 мая, 18:00 94
  • Respublika tez tibbiy yordam markazi filiali amaldori qo‘lga olindi 07 мая, 17:45 79
  • Putin beshinchi muddatga Rossiya prezidenti lavozimiga kirishdi 07 мая, 17:41 57
  • Zelenskiy va Budanovni yo‘q qilmoqchi bo‘lgan agentlar fosh etildi 07 мая, 17:34 178
  • Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi 07 мая, 15:00 243
  • Isroil armiyasi Rafahga aviazarbalar berdi 07 мая, 14:32 164
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 79
  • Bo‘limlar