“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 20:05
ЎЗO‘Z

Samarqandlik 2 yigit o‘z qo‘llari bilan Lamborghini Aventador mashinasini yig‘moqda (foto)

10 iyul, 21:33 6 090 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Samarqandlik 2 yigit o‘z qo‘llari bilan Lamborghini Aventador mashinasini yig‘moqda (foto) Samarqandda ikki do‘st garajda Italiyaning Lamborghini premium-klass avtomobil rusumi mashinalari prototiplarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi, deb xabar bermoqda Repost. Mashinani qo‘lda yig‘ish g‘oyasi ularga YouTube’dagi tyuning-roliklarni ko‘rgandan keyin kelgan.

Mexanikning aytishicha, ular mashinani yig‘ishni 2 hafta avval boshlagan, ammo qiziqayotgan mijozlardan allaqachon tinim bo‘lmayapti. Ayni paytda sportkarning korpusi yig‘ib bo‘lingan.

«Biz YouTube’da kanal ochib, u orqali loyihamizni faol reklama qilmoqchimiz. Bitta mashina taxminan 40 kundan keyin tayyor bo‘ladi… O‘zim Toshkent avtomobil yo‘llari institutini tugatganman… Biz e’lon berganimizdan buyon qo‘ng‘iroqlar tinmayapti… Korpusni 7 millimetrlik listdan tayyorlayapmiz, uni o‘zimiz erityapmiz. Dvigatellarni mahalliy avtomobillardan olamiz. Bitta mashina uchun xarajatlar taxminan 15 ming dollarga tushadi… 25 ming dollarga sotishni rejalashtirganmiz, ammo ko‘pchilik buni qimmat deyapti… 5 million so‘m miqdorida garov puli kerak bo‘ladi. Tayyor mashinani egasiga topshirishdan avval, biz uni sinovdan o‘tkazamiz va barcha afzalliklarini namoyish qilamiz», — dedi 25 yoshli avtomexanik.

Shuningdek, uning ta’kidlashicha, ayni paytda avtomobilni sertifikatlashtirish va boshqa zarur hujjatlarni olish muammoli masala bo‘lib turibdi.

Manba: Daryo.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 208
  • O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan? 22 apr, 18:53 165
  • Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi 22 apr, 16:22 225
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 142
  • Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi avtomobil zavodi faoliyati bilan tanishdi (foto) 08 apr, 20:30 374
  • O‘zbekistonda elektromobillarga o‘tish tendensiyasi qanday ketyapti? 03 apr, 20:28 213
  • So'nggi yangiliklar
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 2
  • O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi 03 мая, 19:13 10
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 33
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 40
  • Usmon Toshev: "Olimpiadaga chiqqanimizdan 20 daqiqa o‘tgach, ko‘plab jamoalardan takliflar tushdi" 03 мая, 18:34 141
  • Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!" 03 мая, 18:26 34
  • ISHIDga aloqadorlikda gumonlangan o‘zbekistonlik AQSHda 2 yil erkin yashagani aniqlandi 03 мая, 18:21 62
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 38
  • “Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi? 03 мая, 16:31 238
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 309
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 58
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 221
  • Bo‘limlar