“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 08:25
ЎЗO‘Z

Uzauto Motors: GM ketgani yo‘q, faqat tizim o‘zgardi va uning nomi – GM Alliance

06 iyul, 21:48 3 260 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Uzauto Motors: GM ketgani yo‘q, faqat tizim o‘zgardi va uning nomi – GM Alliance GM kompaniyasi O‘zbekistondan ketgani yo‘q, aksincha O‘zbekiston tomoni bilan alyans tashkil etdi. Bu esa Uzauto Motors kompaniyasiga turli yo‘nalishlarda mustaqillikni taqdim etdi. Kompaniya bosh direktori v.b. Rustam Rajabov Asakadagi zavodda o‘tkazilgan matbuot anjumanida shunday bayonot berdi.

«Internet tarmog‘ida GM O‘zbekistondan ketibdi, kabi turli xabarlar tarqaldi. Yo‘q GM ketmadi. Bizning ish faoliyatimizda ham hech narsa o‘zgargani yo‘q. Bizda faqat nom o‘zgardi. GM qolsa bo‘lmasmidi, degan savol tug‘ilishi tabiiy. Yo‘q, qolishi mumkin emasdi. Biz 2018 yil oktyabrda GM o‘z ulushini O‘zbekiston hukumatiga sotganini e’lon qilgandik. Ilgari 25 foiz hissaga ega edi», - dedi Rustam Rajabov.

Rajabov, shuningdek, GM o‘z ulushini sotganining sababiga ham oydinlik kiritar ekan, kompaniyaning mustaqil bo‘lishi bu yerda injiniring va avtotadqiqot ishlarini olib borishga turtki berishini ta’kidladi.

«GM kompaniyasi so‘nggi vaqtlarda dunyo bo‘ylab o‘z zavodlarini optimallashtirish siyosatini olib bormoqda. Misol uchun Afrikadagi zavodini ham sotdi. Bu yerda ham keyingi bosqich rivojlanishimizga, mahalliylashtirish darajasini yuqori darajaga ko‘tarishga xizmat qiladigan tizimga o‘tdik. Uning nomi GM Alliance. Bu biz uchun yaxshilikka. Chunki, ilgari biz GM bilan ishlaganimizda, hech narsa qila olmasdik. Dunyoning 3 joyida (AQSh, Braziliya va J.Koreya) yirik texnik markazlari bor, ular ixtiro qilardi. Hatto, tashqi yoritqich chirog‘i yoki rangini ham o‘zgartira olmasdik. O‘zgartirish kiritish uchun o‘sha markazlarga murojaat qilishimizga to‘g‘ri kelar edi.

Alyans hisobiga bizga mustaqillik tegdi. Shu bilan birga, ta’kidlashni istardimki, GM biz bilan. Eksport qilamiz. Mahalliylashtirishni amalga oshiramiz. Texnologiyalarni rivojlantiramiz. Xodimlarni o‘qitishni davom ettiramiz», - deya qayd etdi Rustam Rajabov.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 208
  • O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan? 22 apr, 18:53 166
  • Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi 22 apr, 16:22 225
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 142
  • Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi avtomobil zavodi faoliyati bilan tanishdi (foto) 08 apr, 20:30 380
  • O‘zbekistonda elektromobillarga o‘tish tendensiyasi qanday ketyapti? 03 apr, 20:28 213
  • So'nggi yangiliklar
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 1
  • Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan" 05 мая, 06:55 47
  • Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi? 05 мая, 06:26 30
  • Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat" 05 мая, 06:00 23
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 52
  • Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi 05 мая, 05:30 41
  • La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi 05 мая, 05:12 25
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 91
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 304
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 81
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 87
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 152
  • Bo‘limlar