“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 09:14
ЎЗO‘Z

Internetda BMW 7-Series`modelining ilk suratlari paydo bo‘ldi

05 yanv, 12:48 11 213 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Internetda BMW 7-Series`modelining ilk suratlari paydo bo‘ldi Fotojosuslar BMW 7-Series’ning yangi flagman sedanini suratga olishga muvaffaq bo‘lishdi. autoblog.nl saytida chop etilgan bu suratlardan yangi modelning kuzovi “ettinchi” seriyadagi avvalgi model uslubidagi sipo dizaynga ega bo‘lishi hamda i8 superkarida ilk bor ishlatilgan lazerli chiroqlar bilan jihozlanishi ko‘rinib turibdi, deb yozadi Kun.uz.

Dastavval 2015 yil kuzida Frankfurtda bo‘lib o‘tadigan avtosalonda BMW’ning yangi flagman mashinasi ilk taqdimoti o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi. Chop etilgan suratlar “ettinchi”ning yangi modeli allaqachon tayyorligi va 2015 yil yanvar oyining boshlarida Detroytda bo‘lib o‘tadigan ko‘rgazmada namoyish etilishi mumkinligidan darak beradi.

Avvalroq xabar berilganidek, BMW 7-Series yangi avlod sedani yangi modernizasiyalashtirilgan platformada qurilgan bo‘lib, kuzovning optimallashtirilishi va qismlarining yengil qotishmalardan tayyorlanishi hisobiga o‘rtacha hisobda 150 kilogrammga yengilroq bo‘ladi. “Ettinchi” an’anaviy tarzda ikki ko‘rinishda: standart (G11 indeksi) hamda 13 santimetrga uzaytirilgan g‘ildirak bazasida (G11 indeksi) taklif etiladi.

Yangi modelning kuch qurilmalari olti va sakkiz silindrli benzinli va dizelli dvigatellarni o‘z ichiga oladi, qimmatbaho variantlari esa V12 dvigateli bilan jihozlanadi. Bundan tashqari, keyinroq bu modelning 275 ot kuchidan ziyodroq quvvatga ega bo‘lgan “turboto‘rtlik”ka ega bo‘lgan bazaviy versiyasi hamda bir yoki ikki gibridli modifikasiyalari paydo bo‘lishi kutilmoqda.

BMW 7-Series’ning yangi modelida lazerli chiroqlardan tashqari, yangi interfeysga ega bo‘lgan va yanada quvvatliroq iDrive yangi avlod multimedia tizimi ham ilk bor ishlatiladi. Haydovchilar uchun bavariyalik avtomobilsozlar an’anaviy asboblar paneli o‘rniga to‘liqligicha raqamlashtirilgan panelni hamda to‘ldirilgan reallik bilan jihozlangan yangi proeksion displeyni taklif qilishmoqda.




Foto: motor.ru / kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 208
  • O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan? 22 apr, 18:53 165
  • Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi 22 apr, 16:22 225
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 142
  • Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi avtomobil zavodi faoliyati bilan tanishdi (foto) 08 apr, 20:30 374
  • O‘zbekistonda elektromobillarga o‘tish tendensiyasi qanday ketyapti? 03 apr, 20:28 212
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 162
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 169
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 260
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 78
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 107
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 176
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 289
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 167
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 38
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 53
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 143
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 196
  • Bo‘limlar