“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 10:09
ЎЗO‘Z

GM Uzbekistan: «Tamagirlikka yo‘l qo‘yilmaydi»

18 iyun, 19:39 4 322 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
GM Uzbekistan: «Tamagirlikka yo‘l qo‘yilmaydi» GM Uzbekistan kompaniyasi xaridorlarga avtomobillarni «Uzavtosavdo» mobil ilovasi orqali onlayn rejimda xarid qilish mumkinligini eslatdi va tamagirlik holatlari haqida xabar berishni so‘radi.

«Hurmatli xaridorlar!

Agarda Siz avtomobil xaridi jarayonida tovlamachilik va boshqa korrupsion harakatlarga, xususan u yoki bu modeldagi avtomobil uchun shartnomaning yo‘qligi, yetkazib berilish muddati uzoqligi kabi vajlar bilan avtomobillar xarid qilish chog‘ida qo‘shimcha pul mablag‘larini talab qilish holatlariga duch kelsangiz «GM Uzbekistan» komaniyasining ishonch telefonlari 78 141-77-77 yoxud O‘zbekiston Bosh prokuraturasining 10-07 qisqa raqamlariga murojaat qilishingizni so‘rab qolamiz.

Kompaniya bu kabi salbiy holatlarning oldini olish, avtomobillar savdosida shaffoflikni ta’minlash maqsadida «Uzavtosavdo» mobil ilovasini ishga tushirgan.

Mazkur ilova orqali xaridorga navbat raqami va dilerdagi avtomobillar soni haqida ma’lumotlar beriladi. Agar unga zarur bo‘lgan avtomashina dilerda yo‘q bo‘lsa, buyurtma to‘g‘ridan-to‘g‘ri avtomobil zavodiga yuboriladi. «Uzavtosavdo» ilovasi xaridorga barcha jarayonlarni boshidanoq nazorat qilish, o‘z navbati va avtomobilni olish sanasini bilib borish imkonini yaratmoqda.

OGOH BO‘LING! Yuqorida qayd etilgan korrupsion holatlar haqida bizni xabardor qilsangiz hamda sizning murojaatingiz o‘z tasdig‘ini topsa, siz nafaqat muammoni bartaraf etasiz, balki kompaniya tomonidan moddiy rag‘batlantirilasiz. Shaxsingiz sir saqlanishi kafolatlanadi. Faqatgina korrupsion va tamagirlik holatlari bo‘yicha +998 90 799 1991 raqamiga murojaat qiling.

Yoqimli xarid va a’lo kayfiyat tilaymiz!», deyiladi kompaniya xabarida.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 209
  • O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan? 22 apr, 18:53 166
  • Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi 22 apr, 16:22 226
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 142
  • Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi avtomobil zavodi faoliyati bilan tanishdi (foto) 08 apr, 20:30 381
  • O‘zbekistonda elektromobillarga o‘tish tendensiyasi qanday ketyapti? 03 apr, 20:28 213
  • So'nggi yangiliklar
  • Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi 06 мая, 09:45 17
  • Oq uy Ukraina 2025 yilda hujumga o‘tishini taxmin qilmoqda 06 мая, 09:41 21
  • APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi 06 мая, 08:26 24
  • Yaponiyada tish o‘stiruvchi dunyodagi birinchi dori sinovdan o‘tkaziladi 06 мая, 08:21 18
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 80
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 199
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 31
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 170
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 66
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 58
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 172
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 154
  • Bo‘limlar