“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 11:47
ЎЗO‘Z

Endi yaqin qarindoshlar uchun ishonchnoma bekor bo‘ladi

12 iyun, 21:53 14 647 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Endi yaqin qarindoshlar uchun ishonchnoma bekor bo‘ladi «Mening fikrim» portali orqali «Avtotransport vositasidan foydalanishda yaqin qarindoshlar uchun ishonchnoma olish tizimini bekor qilish haqida»gi elektron jamoaviy murojaatda ko‘tarilgan masala qanoatlantiriladigan bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi qarorida ma’lum qilingan.

Mazkur murojaatda avtotransport vositasidan foydalanishda yaqin qarindoshlar uchun ishonchnoma olish ortiqcha ovoragarchiliklar va sarf-xarajatlarni talab etishi, oilaviy byudjetga iqtisodiy zarar keltirishi, bu holat milliy qadriyatlarimiz va mentalitetimizga mos kelmasligini e’tiborga olib, avtotransport vositalaridan foydalanishda yaqin qarindoshlarning bir-biriga ishonchnoma berish tartibini bekor qilish taklifi berilgandi.

Mazkur murojaat Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi tomonidan mutasaddi vazirlik, idoralar va ekspertlarni jalb etgan holda o‘rganib chiqilgan.

Bugungi kunda avtotransport vositasidan foydalanishda yaqin qarindoshlar uchun ishonchnoma to‘g‘rilash talab etiladi. O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 135-moddasiga muvofiq ishonchnomasiz transport vositalarini boshqarish eng kam ish haqining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Qayd etilishicha, 2018 yilda avtotransport vositalarini boshqarish va tasarruf etish bo‘yicha notarial tasdiqlangan ishonchnomalar soni 670 mingdan (ularning 343 mingtasi yaqin qarindoshlar o‘rtasida) oshib, ulardan jami 222,7 mlrd. so‘m davlat boji undirilgan (shundan 31,8 mlrd. so‘m yaqin qarindoshlardan), gerb yig‘imi esa 19,3 mlrd. so‘mni (9,8 mlrd. so‘m yaqin qarindoshlardan) tashkil etgan.

Ko‘plab xorijiy mamlakatlarda (AQSh, Avstriya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Gollandiya, Polsha, Fransiya, Chexiya, Shveysariya va MDH davlatlaridan — Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova) transport vositasini boshqarish uchun ishonchnoma talab etilmay, balki sug‘urta polisi transport vositasini boshqarish uchun kifoya qiladi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili» Davlat dasturining 48-bandi ijrosini ta’minlash, shuningdek fuqarolarga qulayliklar yaratish maqsadida «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qushimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi ishlab chiqildi.

Qonun loyihasi:
- yaqin qarindoshlar o‘rtasida avtotransport vositasini ishonchnomasiz boshqarganlik uchun ma’muriy javobgarlikni bekor qilish;
- yaqin karindoshlar ruyxati, ya’ni ota-ona, tug‘ishgan yoki tutungan aka-uka va opa-singillar, er-xotinlar, farzandlar (shu jumladan asrab olinganlar)ni belgilash;
- transport vositasi egasining yaqin qarindoshlarini sug‘urta polisiga kiritish majburiyatini nazarda tutadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 196
  • O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan? 22 apr, 18:53 160
  • Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi 22 apr, 16:22 215
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 139
  • Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi avtomobil zavodi faoliyati bilan tanishdi (foto) 08 apr, 20:30 373
  • O‘zbekistonda elektromobillarga o‘tish tendensiyasi qanday ketyapti? 03 apr, 20:28 210
  • So'nggi yangiliklar
  • UFC Vegas 91. O‘zbekistonlik Bogdan Guskov amerikalik jangchini nokautga uchratdi (video) 28 apr, 10:49 0
  • Saidjamshid Ja’farov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etib, IBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 10:43 0
  • Futzal. Bugun O‘zbekiston bronza medali uchun Tojikiston bilan o‘ynaydi 28 apr, 09:34 7
  • Murzoyev: "Qaysidir ma’noda baribir Indoneziya qulayroq raqib, biz musobaqa favoritimiz" 28 apr, 08:51 54
  • Tojikiston o‘z fuqarolarini «o‘ta zarurat bo‘lmasa» Rossiyaga bormaslikka chaqirdi 28 apr, 08:41 40
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 19
  • AQSH Ukrainaga Patriot havo-mudofaa tizimlarining yangi to‘plamini yetkazib beradi 28 apr, 06:00 49
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 98
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 267
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 124
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 70
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 144
  • Bo‘limlar