“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 07:42
ЎЗO‘Z

«O‘zavtosanoat» Jizzaxda «Peugeot» avtomobil zavodi qurilishi nega to‘xtab qolganiga izoh berdi

07 iyun, 20:42 4 335 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«O‘zavtosanoat» Jizzaxda «Peugeot» avtomobil zavodi qurilishi nega to‘xtab qolganiga izoh berdi Bugun, 7 iyun kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida «O‘zbekistonda avtomobilsozlikni rivojlantirish strategiyasi» mavzusida OAV vakillari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Jurnalistlar 2017 yilning 13 iyun kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziëev «Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi «Uzbekistan Peugeot Citroen Automotive» korxonasini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarorni imzolagani, «Jizzax» erkin industrial zona hududida yengil tijorat avtomobillarini ishlab chiqarish ob’ektlarini qurish ishlarining oxirgi muddati sifatida 2018 yilning 10 dekabri ko‘rsatilgani, lekin nega hanuzgacha prezident topshirig‘i bajarilmagani haqida savol berdi.

«Bu savolga javob bera olmayman. Chunki bu ikki tomonlama hal qilinadigan ish. Axir bir tomonda fransuz hamkorlarimiz turibdi. Bu ular bilan bog‘liq muammo, muammo ularning o‘zida», —deya «O‘zavtosanoat» strategik rejalashtirish direksiyasi boshlig‘i Rustam Qodirovning so‘zlarini keltirmoqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi matbuot xizmati.

Eslatib o‘tamiz, 2017 yil 16 may kuni «O‘zavtosanoat» aksiyadorlik jamiyati Fransiyaning «Peugeot Citroen Automobiles S.A» kompaniyasi bilan mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida, ustav jamg‘armasi, ekvivalenti 29,3 mln yevro miqdoridagi «Uzbekistan Peugeot Citroen Automotive» qo‘shma korxonasini tashkil etish to‘g‘risida bitim imzolanganini ma’lum qilgandi.

Rejaga ko‘ra, Jizzaxdagi Peugeot-Citroen zavodi 2018 yil dekabrida ishga tushishi kerak va yil oxirida dastlabki mahsulolarini ishlab chiqarishi kerak edi. 133 million yevroga baholangan loyiha doirasida yiliga jami 16 ming dona Peugeot Expert va Peugeot Boxer avtomobillari yig‘ilishi lozim edi.

Keyinroq «O‘zavtosanoat» kompaniyasi boshqaruvi raisining texnik siyosat va mahalliylashtirish bo‘yicha o‘rinbosari v.b. Azizbek Shukurov PSA Groupe avtomobil zavodi maydonchasida qurilish ishlarining to‘xtatilishi loyiha texnologik konsepsiyasini qayta ko‘rib chiqish bilan bog‘liqligi haqida ma’lum qilgandi.

O‘zbekiston Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasining 2019 yilgi Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga ko‘ra, Jizzaxdagi avtomobil zavodi 2019 yilda ishga tushadigan loyihalar ro‘yxatiga kiritilmagan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida Trade-up dasturi joriy etiladi 18 мая, 09:32 172
  • General Motors Malibu ishlab chiqarishni to‘xtatadi 10 мая, 21:27 215
  • Avtomashinani qayta ro‘yxatdan o‘tkazish yig‘imi avvalgi miqdorga qaytarildi 09 мая, 14:25 244
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 238
  • O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan? 22 apr, 18:53 185
  • Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi 22 apr, 16:22 237
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukrainaning Xarkov viloyatidan 10 ming nafarga yaqin fuqaro evakuatsiya qilindi 19 мая, 00:50 48
  • Guterrish: Yaqin Sharq faqat Falastin davlati tuzilgandan keyin tinchlanadi 19 мая, 00:32 50
  • Bishkekda yuz bergan tartibsizliklarda 29 kishi yaralandi, 10 kishi hibsga olindi 19 мая, 00:26 147
  • Xitoyda bolalarning ekranga qarash vaqti cheklangani ularning harakatsizligini kamaytirgani aniqlandi 18 мая, 23:23 20
  • Vladimir Putin harbiy rahbariyatni nega almashtirdi? 18 мая, 22:56 167
  • Toshkent viloyatida 5 yoshli bola suv krani uchun o‘rnatilgan kichik o‘raga tushib ketdi 18 мая, 22:30 40
  • Afg‘onistonning G‘or viloyatida yuz bergan suv toshqinlari oqibatida kamida 50 kishi halok bo‘ldi 18 мая, 22:05 51
  • Superliga. “Olimpik” safarda g‘alaba qozondi, "Andijon" esa durangga imzo chekdi 18 мая, 21:54 83
  • Ukraina AQSHdan Rossiya hududiga zarba berishda yordam so‘radi 18 мая, 21:00 157
  • Rossiya kuchlari Xarkov viloyatining Staritsa hududini egalladi 18 мая, 20:33 197
  • Rossiya bilan yana bir yo‘nalishda strategik hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi 18 мая, 20:10 73
  • Robert De Niro bir yoshli qizi haqida: “Meni shartsiz yaxshi ko‘radigan yagona inson” 18 мая, 19:43 100
  • Bo‘limlar