“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 02:11
ЎЗO‘Z

«GM Uzbekistan» «Tracker» va «Lacetti-3» avtomobillarini foizsiz muddatli to‘lovga taklif etmoqda

07 iyun, 10:43 6 856 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«GM Uzbekistan» «Tracker» va «Lacetti-3» avtomobillarini foizsiz muddatli to‘lovga taklif etmoqda «GM Uzbekistan» «Tracker»ni 16 million chegirma bilan foizsiz 2 yil muddatli to‘lovga, «Lacetti-3» poz. avtomobilini 1 yil muddatli to‘lovga xarid qilishni taklif etmoqda. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

«GM Uzbekistan» kompaniyasi barchani qutlug‘ Ramazon hayiti bilan muborakbod etgan holda «Tracker Premier AT» avtomobilini 16 million so‘m chegirma bilan 2 yil foizsiz muddatli to‘lovga olishni taklif qiladi.

Buning uchun xaridor 128 mln so‘m dastlabki to‘lovni amalga oshirib, qolgan summani 2 yil davomida foizsiz bo‘lib to‘lashi mumkin bo‘ladi.

Bundan tashqari, kompaniya muddatli to‘lovga xarid qilish mumkin bo‘lgan avtomobillar sonini yana bittaga ko‘paytirdi.

Endilikda «Chevrolet Lacetti» avtomobilining 3-pozitsiyasini ham bir yilga foizsiz muddatli to‘lovga xarid qilish mumkin.

Buning uchun xaridor avtomobilning 100 mln so‘m dastlabki to‘lovini amalga oshirib, qolgan 28 million so‘mini bir yil davomida foizsiz bo‘lib to‘laydi.

Aytish joizki, avtomobilni 1 yil foizsiz muddatli to‘lovga xarid qilayotgan xaridor avtomobilning moliyaviy xatardan 2% miqdorda, muddatli to‘lov summasining 1% miqdorda sug‘urta badalini to‘laydi. Avtomobilni 2 yil muddatli xarid qilayotgan xaridor esa moliyaviy xatardan 3%, muddatli to‘lov summasidan 2% sug‘urta badalini to‘laydi.

Mazkur sug‘urta badallari mavjud qarz miqdori hamda avtomobilni baxtsiz hodisalardan sug‘urtalashga xizmat qiladi.

«Lacetti» avtomobilini 10 iyunga, «Tracker Premier AT» avtomobilini esa 12 iyunga qadar ushbu shartlarda muddatli to‘lovga xarid qilish mumkin.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 208
  • O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan? 22 apr, 18:53 165
  • Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi 22 apr, 16:22 225
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 142
  • Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi avtomobil zavodi faoliyati bilan tanishdi (foto) 08 apr, 20:30 374
  • O‘zbekistonda elektromobillarga o‘tish tendensiyasi qanday ketyapti? 03 apr, 20:28 213
  • So'nggi yangiliklar
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 37
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 13
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 4
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 11
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 110
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 55
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 37
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 131
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 136
  • Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi 03 мая, 23:03 48
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 80
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 78
  • Bo‘limlar