“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 16:07
ЎЗO‘Z

Ob-havo issiq vaqtda yoniq holatdagi yaqinni yorituvchi chiroqlar erib ketmaydimi?

17 мая, 09:13 5 278 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ob-havo issiq vaqtda yoniq holatdagi yaqinni yorituvchi chiroqlar erib ketmaydimi? Ijtimoiy tarmoqlarda avj olgan bahslarga nazar solinsa, Yo‘l harakati qoidalariga kiritilgan o‘zgarishlar tufayli transport vositalarining haydovchilarida yaqinni yorituvchi chiroqlarni yoki kunduzgi signal chiroqlarini (KSCh) yoqish majburiyati yuzaga chiqqanligiga nima sabab bo‘lganligi xususida haydovchilarning barchasi ham tushunishmagan, deya maxsus maqola bilan chiqqan IIBB.

KSCh nima?

To‘g‘ri: kunduzgi signal chiroqlari (KSCh ingl. Daytime running lights, DRL) —kunning yorug‘ vaqtida harakatlanib kelayotgan transport vositasini oldindan ko‘rinishini yaxshilovchi tashqi yorituvchi moslamalardir. Gabarit chiroqlari bilan adashtirmang!

KSChning maqsadi – qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanayotgan haydovchi va piyodaga ko‘rinish, shu bilan birga, uni ko‘rish imkoniyatiga xalaqit qilmaslik. Rasman, bu degani KSCh qarama-qarshi transport vositasi va piyodani ko‘ziga qaratilgan bo‘ladi.

Xato: KSCh yoki yaqinni yorituvchi chiroqlar sababli sarflanadigan yoqilg‘i hajmi sezilarli darajada oshadi, degan fikr. KSChning yoqilg‘i sarflanishiga ta’siri kam. Shu bilan birga ertalabdagi dvigatelni “qizdirish” amaliyotiga avtomobilda o‘rnatilgan barcha moslamalarning ehtiyojidan ortiq yoqilg‘i sarflanadi.

Ob-havo issiq vaqtda yoniq holatdagi yaqinni yorituvchi chiroqlar yoki KSCh sababli chiroqlarning linzalari erishi rostmi?
Bo‘lishi mumkin. Chunki avtomobillar yonib ham ketishlari va hattoki portlashlari ham mumkin. Endi, diqqat savol: bunday holat nima sababdan ro‘y beradi?

To‘g‘ri javob: buni hamma biladi: sabab – o‘zboshimchalik bilan avtomobil tuzilishiga aralashish, texnik holatga loqaydlik bilan munosabatda bo‘lish.

Yoniq holatdagi yaqinni yorituvchi chiroqlar yoki KSCh sababli linzalar, yoritgichlarning nur qaytargichlari quyidagi holatlarda erishlari mumkin:

• o‘zboshimchalik bilan yoritgichlar o‘rnatish vaqtida elektr o‘tkazgichlar noto‘g‘ri tanlanganda, yoki bog‘lanmalar sifatsiz izolyatsiya qilinganda;
• bu kabi yoritgich turlariga to‘g‘ri kelmaydigan kattaroq kuchga ega lampochkalar o‘rnatilganda yuqori kuch va issiq ajralishi sababli. Masalan tashqi sovitish moslamalik (kuler) LED-lampa ish holatida galogen lampalardan kamroq issiqlik ajratadi, ammo sovitgich ventilyatorining ishdan chiqishi yoritgichning qizib ketib erishiga sabab bo‘lishi mumkin;
• texnik ko‘rikdan o‘tkazish vaqtida elektr o‘tkazgichlar sinchkovlik bilan ko‘zdan kechirilmagan;
• yoritgich va lampalarda qalbaki (kontrafakt) sertifikatlanmagan modullarni ishlatish. Bu kabi yoritgichlarning plastiklari bardosh bera olmay buziladi.

Xulosa: avtomobil yoritgichlari bilan muammo faqatgina elektr-moslama va yoritgich vositalari texnik reglamentga nomuvofiq bo‘lganlarida yoki o‘zboshimchalik bilan tashqi yorituvchi moslamalari tuzilmasiga o‘zgartirish kiritish sababli yuzaga chiqishi mumkin.

Va yana issiq havo haqida:
Aksariyat odamlarning yozishlaricha, bizning ob-havo yoritgich linzalarining yonishi yoki erishini “osonlashtiradi”.

Bu xato: keng tarqalgan H4 va H7 galogen lampalarining ish temperaturasi 450 gradusga yetadi va barcha asl va sertifikatlangan yoritgichlar shu temperaturaga mo‘ljallangan, shuning uchun hech qanday jazirama va ob-havo yorituvchi moslamalarning yuqori temperaturaga nisbatan bardoshiga ta’sir o‘tkazmaydi. Misol uchun, o‘rtacha havo harorati +35 gradus bo‘lgan Birlashgan Arab Amirliklarida yoz vaqtida harorat 50 gradusgacha ko‘tariladi, u yerda yoniq yoritgichlar bilan harakatlanish bir necha yillardan buyon tajribadan o‘tkazilayotgan bo‘lsa, hech qanday muammolar yuzaga kelmagan.

Yoniq holatdagi yaqinni yorituvchi chiroqlar yoki KSCh sababli yo‘llardagi xavfsizlik oshishi ta’siri shunchalik kattami?
Yoniq holatdagi yaqinni yorituvchi chiroqlar yoki kunduzgi signal chiroqlari yo‘l harakati xavfsizligini oshirishlarini aksariyat mutaxassislar ta’kidlashgan. Haqiqatdan ham, shahar gavjumida ko‘rimsiz rangdagi avtomobilni ko‘rmay qolish yoki qarama-qarshi harakatlanayotgan mashinani yorug‘liklar va soyalar taralishi sharoitida ko‘rmay qolish bir holat. Ikkita yorqin yorug‘lik manbaiga e’tibor bermasdan ko‘ringchi!

Insonning yuqori tezlikda avtomobil boshqarishi davomida psixofizik xususiyatlari to‘g‘risida asosli ilmiy tahlil natijalarini keltiramiz:

Tana va ko‘zlarning harakatsiz holatlarida gorizontal tekislikning ko‘rish doirasi 120 gradusni tashkil etadi. 20 km/s tezlikda ko‘rish doirasi 80 gradusgacha qisqaradi, 40 km/s tezlikda esa – 45 gradusgacha, 80 km/s tezlikda – 30 gradusgacha, 100 km/s tezlikda – 22 gradusgacha, 160 km/s tezlikda – 5 gradusgacha. Ushbu maydonlardan tashqarida haydovchi hech nimani ko‘ra olmaydi. Natijada yo‘l chetidan markaziga qarab harakatlanayotgan ob’ektlar bilan to‘qnashish yoki urilish ehtimoli oshadi.

Shu bilan birga, shuni inobatga olish kerakki, ikki avtomobil qarama-qarshi katta tezlikda harakatlanayotganlarida haydovchilar ko‘rish maydoni qisqarishi sababli qarama-qarshi harakatlanayotgan avtomobillarni ko‘rishmaydi. Tezlik oshgan sari yo‘lda nigohning uzoqni ko‘rishi kuchayadi. Agar 50-60 km/s tezlikda nigohning 150-180 metrni qayd qilishi yetarli bo‘lsa, 140-160 km/s tezlikda bu masofa 640-720 metrga oshadi.

Inson ko‘zlari ob’ektlarni emas, ulardan taraladigan yorug‘likni ko‘radi. Yo‘l harakati ishtirokchisining ko‘zlariga yo‘naltirilgan yorqin yorug‘lik manbai uni ertaroq payqash imkoniyatini beradi. Shuning uchun BMTning YeEK 87-son qoidalarida KSChdan taraladigan yorug‘lik kuchi 400-1200 kd (kunduzi ko‘rish uchun yetarli, ammo ko‘zni qamashtirmaydi) bo‘lishi zarurligi belgilangan bo‘lib, yorug‘lik kuchini taralish yo‘nalishini qarama-qarshi harakatlanayotgan avtomobil haydovchilari va piyodalarning ko‘zlariga qaratilgan.

Kunduz vaqtida ro‘y bergan YTHlar tahlili shuni ko‘rsatdiki, ulardan 50 foizining sababi haydovchi harakatning boshqa ishtirokchilarini, qarama-qarshi harakatlanayotgan avtomobil va piyodalarni ko‘rmaganligi sababli ro‘y bergan. Chorrahalardan bu ko‘rsatkich 80 foizgacha o‘sadi. Yoniq yoritgichlar mashinani umumiy manzaradan ajratiladigan qiladi (ayniqsa chet tomonlardagi).

Shu bilan birga yaqinni yorituvchi chiroqlar yoki KSChlari yoniq transport vositalari yaqinroqda joylashgandek tuyuladi. Natijada, haydovchilar xavfli quvib o‘tish yoki chorrahaga chiqishdan o‘zlarini tiyishadi.

KSCh sababli haydovchi yon tomonlarda harakatlanayotgan transport vositalarini yaxshiroq qayd qilishi mumkin. Bularning hammasi – xavfsizlik uchun. Jahon tajribasining guvohligicha, bu kabi choralar YTHlar sonini 9 dan 25 foizgacha tushiradi, piyodalarning o‘limini esa 29 foizgacha kamayishiga olib keladi.

O‘zbekistonda bir yilda 9 ming atrofida YTHlar sodir bo‘lishini inobatga olsak, ularning sonining 15 foizga kamayishi – muhim raqamdir, chunki har bir holat inson hayoti bilan bog‘liqdir.

Ularda qanaqa ekan?
Yaqinni yorituvchi chiroqlar yoki KSChlarni yoqish bizdan ham issiq ob-havoli davlatlar qonunchiligida ko‘zda tutilgan. Umuman olganda esa jahon tajribasi quyidagicha:

- Buyuk Britaniyada KSCh o‘rniga yaqinni yorituvchi chiroqlar ishlatiladi, ammo shu bilan birga ularning kuchi pasaytirilgan bo‘lishi kerak;
- AQShda uzoqni yorituvchi chiroqlar ishga solinadi, ularning ham kuchi kamaytirilgan bo‘ladi (“30 foizga qizdirilgan uzoqlik” yoki “skandinaviya yorug‘ligi”);
- Skandinaviya davlatlarida alohida signal chiroqlarini ishlatish shart. Shu bilan birga bu davlatlarda ishlab chiqariladigan mashinalarda bu kabi yoritgichlar o‘rnatilgan holda chiqariladi;
- Rossiyada tumanga qarshi yoritgichlarni KSCh sifatida ishlatish ko‘zda tutilgan;
- qo‘shni davlatlarda KSCh bir necha yillar davomida: Qirg‘izistonda – 2009 yildan beri, Qozog‘istonda – 2014 yildan beri ishlatiladi.

Avtomobillari eski rusumdagi haydovchilar nima qilishlari kerak?
Eski avtomobillar sohiblariga biz texnik xizmat bekatlarida elektr uskunalarning, elektr o‘tkazgichlarning eskirganliklarini texnik ko‘rikdan o‘tkazishni va yoniq holatdagi yaqinni yorituvchi chiroqlar bilan harakatlanishni tavsiya etamiz.

Tumanga qarshi chiroqlar bilan harakatlanish mumkinmi?
Amaldagi Yo‘l harakati qoidalariga muvofiq (137-band), tumanga qarshi chiroqlar quyidagi holatlarda ishlatilishlari mumkin:

- yetarlicha ko‘rinish bo‘lmagan sharoitda, shuningdek yaqinni yoki uzoqni yorituvchi chiroqlar bilan birga;
- tungi vaqtda yo‘llarning yoritilmagan qismlarida yaqinni yoki uzoqni yorituvchi chiroqlar bilan birga;
- Qoidalarning 138-bandida ko‘zda tutilgan sharoitlarda yoritgichlarning yaqinni yorituvchi yorug‘liklari o‘rniga;
- YHQning 138-bandi: kunduz vaqtida barcha harakatlanayotgan avtotransport vositalarida yaqinni yorituvchi chiroqlar yoki kunduzgi signal chiroqlari yoniq bo‘lishlari zarur.

Yonib turgan chiroqlarning yorug‘ligi ko‘rish qobiliyatiga ta’sir etadimi?
Ba’zi haydovchilar yoniq chiroqlarni deb dog‘lar, shu’lalar paydo bo‘lib, ular sababli haydovchilarning ko‘rish qobiliyatlari pasayib ketadi, deb taxmin qilishdi.

Ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan to‘g‘rilangan yoniq holatdagi yaqinni yorituvchi chiroqlar, yoniq holatdagi yaqinni yorituvchi chiroqlardan taraladigan yorug‘likning ma’lum gradusida shu’lalar berishi mumkin emas.

Yoniq holatdagi KSCh sababli transport vositasining dvigateli uchun ortiqcha og‘irlik tug‘diradimi?
Bu og‘irlik zamonaviy dvigatellar tuzilmasida ko‘zda tutilgan.

Ishlab chiqarilayotgan avtomobillar jahon standartiga muvofiqmi?
Doimiy o‘quvchilardan biri GM/O‘zavtosanoatga rasmiy xat bilan murojaat qilib, unda quyidagi savollarni yo‘llagan.

«Assalomu alaykum. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 09.04.2019-yildagi 292-son VMQga muvofiq, Yo‘l harakati qoidalariga o‘zgartirishlar kiritildi, xususan, 198-bandda: “Kunduz vaqtda barcha harakatlanayotgan avtomototransport vositalarida yaqinni yorituvchi chiroqlar yoki kunduzgi signal chiroqlari yoniq bo‘lishlari kerak”.

25.04.2017-yildagi 237-son VMQga muvofiq, ishlab chiqarilayotgan transport vositalari umumiy reglamentga muvofiq bo‘lishlari kerak, xususan “[11 izoh] Kunduzgi signal chiroqlari va yon chiroqlar o‘rnatilishi fakultativ hisoblanib, ammo o‘rnatilgan taqdirda ular BMTning YeEK Qoidalaridagi talablarga to‘liq javob berishlari kerak [№ 87–00, 1–13 qo‘shimcha bilan birga]”.

Ochiq manbalardagi ma’lumotlarga ko‘ra, ba’zi modifikatsiyalar (masalan, eksportga yo‘naltiriluvchi) Ravon R2 va Chevrolet Spark avtomobillari oldingi bamperda tumanga qarshi chiroqlar o‘rniga o‘rnatiladigan kunduzgi signal chiroqlari bilan (KSCh) jihozlanadilar,

Yuqorida keltirilgan ma’lumotlarni inobatga olgan holda quyidagi savollarga izoh berishingizni so‘rayman:

1. "GM Uzbekistan" tashkilotida ishlab chiqariladigan barcha rusumlarga o‘rnatiladigan kunduzgi signal chiroqlari (KSCh) 25.04.2017-yildagi 237-son VMQ bilan tasdiqlangan umumiy texnik reglamentga muvofiqmi?

2. Aynan Ravon R2 va Chevrolet Spark rusumli avtomobillarning odingi bamperlarida o‘rnatilgan kunduzgi signal chiroqlari (KSCh) 25.04.2017-yildagi 237-son VMQ bilan tasdiqlangan umumiy texnik reglamentga muvofiqmi? Rahmat».

Va ishlab chiqaruvchi zavoddan quyidagi rasmiy javob oldi.

IIBB qo‘shimcha qilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Muomalaga chiqarilayotgan g‘ildirakli transport vositalarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida”gi Qarorida kunduzgi signal chiroqlari BMTning YeEK 87-00-son Qoidalarining 1-13 qo‘shimchalari talablarini inobatga olgan holda muvofiq bo‘lishlari kerak.

“Hurmatli haydovchilar! Yoniq kunduzgi signal chiroqlari yoki yaqinni yorituvchi chiroqlar – bu sizning passiv xavfsizligingizdir. Sizning transport vositangiz uzoqdan boshqa haydovchilarga ko‘rinishi sababli – u oldindan xavfli harakatga, burilishga, quvib o‘tishga tayyorlanishi yoki kutib turishi mumkin. Haydovchilarning yo‘llardagi madaniyati – bu yo‘l harakati xavfsizligi va insonlar hayotini asrashdir! Yo‘l harakati qoidalarini buzmang”, - deyiladi maqolada.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 207
  • O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan? 22 apr, 18:53 163
  • Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi 22 apr, 16:22 224
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 141
  • Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi avtomobil zavodi faoliyati bilan tanishdi (foto) 08 apr, 20:30 374
  • O‘zbekistonda elektromobillarga o‘tish tendensiyasi qanday ketyapti? 03 apr, 20:28 212
  • So'nggi yangiliklar
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 1
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 10
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 22
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 23
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 60
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 48
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 84
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 35
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 33
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 179
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 233
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 82
  • Bo‘limlar