“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 05:44
ЎЗO‘Z

TOP-10: Tarixda eng ko‘p sotilgan avtomobillar ma’lum qilindi (foto)

08 мая, 09:15 5 958 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
TOP-10: Tarixda eng ko‘p sotilgan avtomobillar ma’lum qilindi (foto) Foto: Getty Images/ Robert Hradil
Britaniyaning Autocar nashri barcha zamonlar va xalqlarning eng ko‘p sotilgan avtomobillari ro‘yxatini taqdim qildi.

Buning uchun jurnalistlar turli brendlarning 60dan ko‘proq modelining savdosi statistikasini tahlil qilib chiqishgan. Natijada reytingning eng yuqori pog‘onasini Toyota Corolla oilasi egallagan. Toyota kompaniyasi bu modeldagi mashinalardan 1966 yildan hozirgi kungacha 45,5 mln dona sotgan.

2-o‘rinni Ford F-Series modeli egallagan. 60 yildan ko‘proq vaqtdan beri ishlab chiqariluvchi ushbu pikap bugungi kunda ham Ford kompaniyasining eng muvaffaqiyatli avtomobillaridan biri bo‘lib qolmoqda. 1948 yildan sotila boshlangan ushbu mashinadan butun dunyo bo‘ylab 27,5 mln donadan ko‘proq sotilgan.

Foto: Getty Images/ Scott Olson
Reytingning “bronza”si afsonaviy Volkswagen Golf’ga tegishli bo‘lib, 1974 yildan hozirgi kungacha ushbu modeldan 34,8 mln dona sotilgan.

Foto: Getty Images/ Adam Berry
4-o‘rinni Opel/Vauxhall Corsa xetchbegi egallagan. Ushbu mashinadan 1982 yildan beri 18,3 mln dona sotilgan.

Foto: Getty Images/ Carl Court
5-o‘rinni VAZ-2105 egallagan. Ushbu model turli davlatlarda Lada Riva va Lada Nova nomlari bilan sotilgan. Ushbu mashinadan 1980 yildan 2015 yilgacha 18 mln dona sotilgan.

Foto: Charles01/ wikipedia.org
Reytingning 6-o‘rnini Honda Civic egallagan, undan 1972 yildan to hozirgi kungacha 17,3 mln dona sotilgan.

Foto: AFP/ Adrian DENNIS
7-o‘rinni Renault Clio (1991 yildan boshlab hozirgi kungacha 14,6 mln dona), 8-o‘rinni Hundai Elantra (1990 yildan boshlab 13,4 mln dona), 9-o‘rinni BMW 3 Series (1975 yildan hozirgi kungacha 13,3 mln dona) va nihoyat 10-o‘rinni Oldsmobile Cutlass (1961 yildan 1999 yilgacha 11,9 mln dona) egallagan.

Foto: AFP/ ERIC PIERMONT

Foto: GETTY IMAGES NORTH AMERICA

Foto: EPA/IAN LANGSDON

Foto: EPA/GENERAL MOTORS B/W




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida Trade-up dasturi joriy etiladi 18 мая, 09:32 172
  • General Motors Malibu ishlab chiqarishni to‘xtatadi 10 мая, 21:27 215
  • Avtomashinani qayta ro‘yxatdan o‘tkazish yig‘imi avvalgi miqdorga qaytarildi 09 мая, 14:25 244
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 238
  • O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan? 22 apr, 18:53 185
  • Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi 22 apr, 16:22 237
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukrainaning Xarkov viloyatidan 10 ming nafarga yaqin fuqaro evakuatsiya qilindi 19 мая, 00:50 25
  • Guterrish: Yaqin Sharq faqat Falastin davlati tuzilgandan keyin tinchlanadi 19 мая, 00:32 36
  • Bishkekda yuz bergan tartibsizliklarda 29 kishi yaralandi, 10 kishi hibsga olindi 19 мая, 00:26 91
  • Xitoyda bolalarning ekranga qarash vaqti cheklangani ularning harakatsizligini kamaytirgani aniqlandi 18 мая, 23:23 16
  • Vladimir Putin harbiy rahbariyatni nega almashtirdi? 18 мая, 22:56 127
  • Toshkent viloyatida 5 yoshli bola suv krani uchun o‘rnatilgan kichik o‘raga tushib ketdi 18 мая, 22:30 31
  • Afg‘onistonning G‘or viloyatida yuz bergan suv toshqinlari oqibatida kamida 50 kishi halok bo‘ldi 18 мая, 22:05 43
  • Superliga. “Olimpik” safarda g‘alaba qozondi, "Andijon" esa durangga imzo chekdi 18 мая, 21:54 70
  • Ukraina AQSHdan Rossiya hududiga zarba berishda yordam so‘radi 18 мая, 21:00 137
  • Rossiya kuchlari Xarkov viloyatining Staritsa hududini egalladi 18 мая, 20:33 177
  • Rossiya bilan yana bir yo‘nalishda strategik hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi 18 мая, 20:10 67
  • Robert De Niro bir yoshli qizi haqida: “Meni shartsiz yaxshi ko‘radigan yagona inson” 18 мая, 19:43 89
  • Bo‘limlar