“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 23:38
ЎЗO‘Z

Bugatti Jenevada dunyodagi eng qimmat avtomobilni namoyish qiladi

12 fev, 11:44 8 747 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bugatti Jenevada dunyodagi eng qimmat avtomobilni namoyish qiladi Jenevadagi avtosalonda dunyodagi eng qimmat avtomobil taqdimoti o‘tkazilishi kutilmoqda. Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu avtomobil Volkswagen Group boshqaruv kengashining sobiq raisi Ferdinand Piyex buyurtmasi bilan yagona nusxada ishlab chiqarilgan.

Mashinaning narxi 16 mln yevro yoki 18,2 mln dollarni tashkil qiladi. Bu mashina markaning 110 yillik yubileyiga atab chiqarilgan va Jenevada kompaniyaning stendida Chiron Sport 110 Ans Edition modeli bilan birga yetakchilik qiladi.

Avtomobil haqida hozircha batafsil ma’lumot yo‘q. Mutaxassislarning fikricha, avtomobilning negizida Bugatti Chiron giperkari yotadi, biroq kuzovi o‘zgacha konstruksiya oladi. Bu avtomobil quvvati 1500 ot kuchidan yuqoriroq bo‘lgan 8 litrli dvigatel yordamida harakatga keltiriladi.

Ta’kidlanishicha, Piyex 2017 yilda narx borasida o‘rnatilgan rekordni yangilashi mumkin. O‘shanda noma’lum bo‘lib qolishni istagan shaxs modifikatsiya qilingan Rolls-Royce Phantom Sweptail’ni 11,5 mln yevroga xarid qilgan.

Bugatti yubileyini yangi giperkar bilan nishonlash bilangina kifoyalanib qolmaydi. Yirik sana munosabati bilan marka Chiron Sport modelining 110 ans Bugatti modifikatsiyasidan 20 dona chiqaradi. Bu modelning kuzovi va intereri o‘zgacha ko‘rinish oladi va u keng sotuvga chiqariladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 208
  • O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan? 22 apr, 18:53 163
  • Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi 22 apr, 16:22 224
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 142
  • Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi avtomobil zavodi faoliyati bilan tanishdi (foto) 08 apr, 20:30 374
  • O‘zbekistonda elektromobillarga o‘tish tendensiyasi qanday ketyapti? 03 apr, 20:28 212
  • So'nggi yangiliklar
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 0
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 1
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 27
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 8
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 12
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 45
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 74
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 39
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 21
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 171
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 141
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 254
  • Bo‘limlar