“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 22:04
ЎЗO‘Z

Eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalari 2021 yil 1 yanvargacha amal qiladi

21 yanv, 20:10 8 350 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalari 2021 yil 1 yanvargacha amal qiladi O‘zbekiston Respublikasi Vazrilar Mahkamasining 2017 yil 2 martdagi 116-son qaroriga muvofiq amaldagi milliy haydovchilik guvohnomalarini yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalariga almashtirish 2019 yil 1 yanvar — 2020 yil 31 dekabr davrida — eski namunadagi barcha milliy haydovchilik guvohnomalari uchun, ularning berilgan sanasidan qat’i nazar — majburiy tartibda amalga oshirilishi hamda 2021 yil 1 yanvardan eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalari haqiqiy emasligi belgilangan, deb xabar berdi Davlat xizmatlari agentligi matbuot xizmati.

Hozirgi vaqtda Toshkent shahrida 1 milliondan ortiq eski namunadagi haydovchilik guvohnomalari yangi namunadagisiga almashtirilmagan bo‘lib, mazkur haydovchilik guvohnomalarini 2020 yilning oxiriga qadar almashtirish majburiy hisoblanadi.

Mazkur haydovchilik guvohnomalarini 2020 yilning oxirigacha, ya’ni 24 oy va har bir ish kunida almashtirilganida kamida 2200 – 2500 ta atrofida fuqarolarning haydovchilik guvohnomalarini almashtirish talab etiladi.

Biroq, bugungi kunda Davlat xizmatlari markazlari orqali kundalik 500 - 600 ta atrofida haydovchilik guvohnamalari almashtirilmoqda va mazkur davr mobaynida 85 mingdan ortiq fuqarolarning haydovchilik guvohnomalari almashtirilishiga erishildi xolos. Shu sababli, 2019 yilning ikkinchi yarmi va 2020 yil davomida mazkur davlat xizmatiga aholi o‘rtasida talab keskin oshib ketishi kutilmoqda. Oqibatda Davlat xizmatlari markazlarida yana navbatlar ko‘payib, tartibsizliklar va fuqarolar o‘rtasida turli tushunmovchiliklar yuzaga kelishi va belgilangan muddatda fuqarolar haydovchilik guvohnomalarini yangi namunadagisiga almashtirishga erishilmaydi.

Fuqarolar Davlat xizmatlari markazlarida yangi namunadagi haydovchilik guvohnomalarini olishi mumkin.

Ma’lumot tariqasida, milliy haydovchilik guvohnomalari yangi namunadagisiga Toshkent shahrining Mirobod, Mirzo Ulug‘bek, Uchtepa, Shayxontohur, Yunusobod, Yakkasaroy va Yashnobod tuman Davlat xizmatlari markazlarida soddalashtirilgan tartibda, ya’ni murojaatchilarning doimiy yashash manzilidan qat’iy nazar, pasport va eski namunadagi haydovchilik guvohnomasi hamda uning taloni, shuningdek EKOIHning 70 foizi miqdorida to‘lov amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilganda amalga oshirilishi ma’lum qilinadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 209
  • O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan? 22 apr, 18:53 166
  • Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi 22 apr, 16:22 225
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 142
  • Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi avtomobil zavodi faoliyati bilan tanishdi (foto) 08 apr, 20:30 381
  • O‘zbekistonda elektromobillarga o‘tish tendensiyasi qanday ketyapti? 03 apr, 20:28 213
  • So'nggi yangiliklar
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 0
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 8
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 17
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 32
  • Superliga. "Navbahor" o‘z maydonida "Lokomotiv"ni yirik hisobda mag‘lub etdi 05 мая, 20:13 35
  • Shomurodov o‘z nomini tarixga muhrladi 05 мая, 20:03 154
  • Samarqandda maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchining o‘zi ham o‘quvchi ekan 05 мая, 19:56 43
  • Ukrainada urushning 801-kuni: Odessadagi yong‘inlar va Chasiv Yar atrofida jang qilayotgan «Vampir» 05 мая, 19:13 134
  • Turkiyaning kutilmagan qadami: Isroil bilan savdo to‘xtatilgani nimani anglatadi? 05 мая, 18:44 140
  • Xalqaro moliya bozori sharhi: oltin va neft arzonlashdi 05 мая, 18:15 28
  • O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi? 05 мая, 17:50 30
  • Tarixdagi eng mashhur ikki tomonlama josuslar 05 мая, 17:20 193
  • Bo‘limlar