“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 17:36
ЎЗO‘Z

Diqqat!!! Chevrolet Tracker krossoveriga buyurtmalar qabul qilish boshlandi

10 dek, 16:36 6 509 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Diqqat!!! Chevrolet Tracker krossoveriga buyurtmalar qabul qilish boshlandi 2018 yilning 10 dekabridan GM Uzbekistan kompaniyasi Chevrolet Tracker krossoveriga buyurtmalar qabul qilishni boshladi. Bu haqda kompaniya xabarida aytiladi.

«Model universallik, uslub va ixchamlikning birday mujassamligidir. Tracker komplektatsiyalarida xaridorlarga avtomatik kruiz nazorati, (BYOM2) ma’lumot-ko‘ngilochar tizimi, cvetodiodli kunduzgi yoritish chiroqlari taqdim etilgan. Avtomobil komplektatsiyasiga shuningdek 6 ta xavfsizlik yostiqchalari, orqa parkovka datchiklari, shuningdek alyuminiy disklari ‘R18 215/55 kiradi», - deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, Tracker subixcham avtomobillar sinfiga kiradi: uzunligi 4257 mm, kengligi 1776 mm va balandligi 1679 mm. Avtomobilning yoqilg‘i baki 53 litrni tashkil qiladi.

Avtomobil ko‘rinishida unda sport va bashanglik mujassamligi aks etadi. Avtomobilning 1,8 litrli dvigatel hajmi 140 ot kuchiga teng. Avtomobilning mustahkamligi, ishonchliligi va shinamligi SUV V ishqibozi bo‘lgan hech bir xaridorni befarq qoldirmaydi, deya bildirgan kompaniya.

Avtomobilning yoqilg‘i sarfi MT5/AT6 transmissiyali aralash siklda 100 km.ga 7,1 l. tashkil qiladi. Avtomobil 10,6 soniyada 100 km/s tezlikka yetadi. Model 4-silindrli dvigatel bilan jihozlangan.

Birinchi bosqichda Tracker krossoveri savdosi va xizmat ko‘rsatishi bilan O‘zbekistondagi birinchi multibrend «Nurafshon AvtoMarkaz» avtosalonining Sergeli tumani Obihayot ko‘chasi, 39 uyda joylashgan filiali shug‘ullanadi.

Xaridorlarga avtomobil ikki xil komplektatsiyada taqdim etilgan: Tracker LT M/T va Premier A/T. Tracker’ning LT M/T komplektatsiyasi narxi — 184 308 855 mln so‘m, Premier A/T esa 215 680 575 mln so‘mni tashkil qiladi.

«Tracker yangi modeli o‘z sinfida uslub, sifat, qulaylik va xavfsizlikni mujassam qilgan yangi avtomobil bo‘lib xizmat qiladi.

Shu bilan birga aytish joizki, avtomobilning kompaniya modellar qatoridan joy olishi O‘zbekiston bozori uchun mutlaqo yangi bo‘lgan SUV V sinfini qo‘shish maqsadida amalga oshirilmoqda, Tracker Saptiva avtomobilining o‘rnini egallashga mo‘ljallanmagan», - deya ma’lum qilgan kompaniya.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 208
  • O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan? 22 apr, 18:53 166
  • Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi 22 apr, 16:22 225
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 142
  • Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi avtomobil zavodi faoliyati bilan tanishdi (foto) 08 apr, 20:30 381
  • O‘zbekistonda elektromobillarga o‘tish tendensiyasi qanday ketyapti? 03 apr, 20:28 213
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 0
  • Tramp Ukrainadagi mojaroga barham berish uchun “maxfiy” reja ishlab chiqdi 05 мая, 16:30 0
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 0
  • Baydenning maslahatchisi: AQSHning Ukrainaga yordami Rossiyani to‘xtata olmaydi 05 мая, 15:48 2
  • Buxoroda birovning nomiga yashirincha onlayn kredit olgan 23 yoshli qiz ushlandi 05 мая, 15:25 10
  • 2024 yil yozida Ukrainadagi urush va Rossiyaning yurishi qanday bo‘ladi? 05 мая, 14:55 75
  • Makronni Rossiya raketalari qo‘rqitib yubordi 05 мая, 14:31 138
  • O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi 05 мая, 14:13 43
  • Tayson Fyuri Oleksandr Usikka qarshi jang uchun Ar-Riyodga yetib bordi 05 мая, 13:49 26
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 36
  • UFC 301. Aleksandr Pantoja hakamlar qaroriga ko‘ra Stiv Ersegni mag‘lub etdi 05 мая, 13:00 15
  • O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi? 05 мая, 12:38 78
  • Bo‘limlar