“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 05:28
ЎЗO‘Z

Haydovchi YPX xodimlari harakatlarini qanday hollarda tasvirga olishga haqli?

06 dek, 20:00 10 571 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Haydovchi YPX xodimlari harakatlarini qanday hollarda tasvirga olishga haqli? Foto: «Xabar.uz»
Ma’lumki, yaqinda Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to‘g‘risida nizom (VMning 1.12.2018 yil, 975-son qarori) tasdiqlandi. Ta’kidlash shart, qabul qilingan hujjatda yo‘l-patrul xizmati (YPX) xodimlarining transport vositalari haydovchilari bilan o‘zaro muloqotlarida yuzaga kelgan ko‘plab nizoli masalalar ilk bor yechimini topgan.

Ularning ayrimlariga to‘xtalib o‘tamiz.

YPX xodimlari qachon transportni to‘xtatishga haqli bo‘lmaydilar?

YPX xodimlari transport vositasini to‘xtatishi mumkin bo‘lgan 7 ta holat tasdiqlandi. Ular orasida — hujjatlar, olib ketilayotgan yuklarga oid hujjatlar mavjudligini tekshirish (maxsus va harbiy yuklar, shuningdek bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazilib, bojxona xizmati tomonidan plombalangan yuklar bundan mustasno) ham bor. E’tiborlisi, hujjatlarni tekshirishga nafaqat maxsus tadbirlar (sodda qilib aytganda — «reydlar») jarayonida ruxsat beriladi. Ya’niki, YPX xodimi faqat hujjatlarni tekshirish uchun dislokatsiyasi tasdiqlangan hududda istalgan transport vositasini to‘xtatishga haqli. Buning uchun YHQning buzishilishini kutib turishi shart emas.

Yo‘l-transport hodisalari, yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid soluvchi yoki avariya holatini yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan YHQ buzilishi aniqlanganda YPX xodimi o‘ziga biriktirilgan hudud dislokatsiyasidan tashqarida ham transport vositasini to‘xtatishga haqli bo‘ladi. Qabul qilingan Nizom ma’nosidan shu kelib chiqadi. To‘g‘ri, mazkur holatda xodimga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkaziladi, agar bayonnoma ko‘rsatilgan alohida holatlarda rasmiylashtilgan bo‘lmasa, u yuridik kuchga ega bo‘lmaydi.
Bu — muhim! Haydovchi dislokatsiyaning ko‘chirmasi bilan shu joyning o‘zida tanishishga haqli.

Haydovchi mashinadan chiqishi kerakmi yoki yo‘qmi?

Avtomobildan chiqish kerakmi-yo‘qmi — bu savol ham xavfsizlikka, ham odob-axloqqa daxldor holat. Qabul qilingan hujjatda transport vositasi haydovchisi va yo‘lovchilari YPX xodimi to‘xtatganda kabinadan chiqishi to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqiqlanmagan. Masalan, dunyoning qator mamlakatlarida politsiyachilarning xavfsizligini ko‘zlagan holda bu man etilgan. Axloqiy nuqtai nazardan ayrim qoidabuzarlar avtomobildan chiqishdan bosh tortish bilan go‘yoki YPX xodimlarini pisand qilmasligini namoyon etishadi.

Endi YPX xodimining talabiga ko‘ra haydovchilar mashinadan tushishga majbur bo‘lgan 6 ta holat belgilandi:

Kim kimni tasvirga olishga haqli?

Ko‘p muhokama qilingan masalalardan biri — YPX xodimlarining xatti-harakatlarini qayd qilish uchun haydovchining fotosurat, audio va videotasvirdan foydalanish huquqi. 2018 yil 4 dekabrdan fuqarolarning ushbu huquqi qonunchilikda to‘g‘ridan-to‘g‘ri mustahkamlab qo‘yildi. Yagona cheklov — foto va videotasvirga olish taqiqlangan belgi mavjud hududlarda bu man etiladi.

Agar haydovchilar uchun videotasvirga olish ixtiyoriy bo‘lsa, YPX xodimlarning uchun bu 2019 yil 1 iyuldan e’tiboran majburiy bo‘ladi. Har bir xodim mobil videokamera bilan ta’minlanib, yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlarda undan foydalanishi shart. YPX xodimi xizmatni mobil videokamerasiz olib borayotgan bo‘lsa, haydovchi 2019 yil 1 iyuldan e’tiboran unga o‘z hujjatlarini taqdim etmaslikka haqli bo‘ladi.

Yo‘lda yashirincha nazorat olib borish mumkinmi?

Yo‘llarda yashirincha nazorat olib borish (sodda qilib aytganda — «pistirmada o‘tirish») taqiqlandi. Endi haydovchi qatnov qismida harakatlanayotgan paytda YPX xodimini ko‘rish imkoniga ega bo‘lishi kerak. Biroq shuni ham inobatga olish lozimki, qabul qilingan Nizomda xodimning yashirincha nazorat olib borgani uchun javobgarligi aniqlashtirilmagan, bunday tartibda aniqlangan YHQni buzish esa baribir javobgarlikka olib keladi.

Faqat shu nazarda tutilgan: xodim patrul avtomobillarida foydalanish belgilab qo‘yilgan tezlikni o‘lchash moslamalarini o‘zboshimchalik bilan yechib olib, uni xizmatga aloqasi bo‘lmagan boshqa jismoniy va yuridik shaxslarning transport vositalariga o‘rnatgan yoxud xizmatni o‘tashga aloqador bo‘lmagan fuqarolarni jalb qilgan bo‘lsa, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma haqiqiy hisoblanmaydi. Xodim shaxsiy avtomashinasiga «radar» o‘rnatishga haqli yoki haqli emasligi masalasi qabul qilingan hujjatda uzil-kesil hal etilmagan.
Bizningcha, yashirincha nazorat olib borishga taqiq ushbu holatga nisbatan ham, shuningdek ko‘chma fotoradarlar va mobil komplekslar o‘rnatilishiga nisbatan ham tatbiq etilishi kerak.

Ta’qib va kuzatish

YPX xodimining to‘xtash to‘g‘risidagi talabini bajarmaganda transport vositasining orqasidan quvish va orqasidan borishga qonunan ruxsat berildi. Bunda YPX xodimi quyidagilarga amal qilishi shart:

Bu — muhim! Ta’qib qilish yoki kuzatish vaqtida yo‘l harakati qatnashchilarining hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfli harakatlar sodir etish taqiqlanadi.

Mazkur Nizom Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 4.12.2018 yildan kuchga kirdi. YPX xodimlari mobil videokameralardan foydalanishi qismida hujjat 2019 yil 1 iyuldan e’tiboran kuchga kiradi.
Samir Latipov

Manba: norma.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 207
  • O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan? 22 apr, 18:53 163
  • Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi 22 apr, 16:22 223
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 141
  • Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi avtomobil zavodi faoliyati bilan tanishdi (foto) 08 apr, 20:30 374
  • O‘zbekistonda elektromobillarga o‘tish tendensiyasi qanday ketyapti? 03 apr, 20:28 212
  • So'nggi yangiliklar
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 20
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 13
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 25
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 24
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 52
  • Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi 01 мая, 23:28 35
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 32
  • Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi 01 мая, 22:44 141
  • Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi 01 мая, 22:22 28
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 117
  • Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi 01 мая, 21:36 81
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 73
  • Bo‘limlar