“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 08:53
ЎЗO‘Z

"Eng yaxshi faralar"ga ega mashinalar ma’lum qilindi (foto)

01 dek, 16:38 6 462 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
"Eng yaxshi faralar"ga ega mashinalar ma’lum qilindi (foto) AQShning yo‘l xavfsizligi sug‘urta instituti (IIHS) ma’lumotlariga ko‘ra, tashkilot tomonidan 2018 yilda sinovdan o‘tkazilgan avtomobillarning yarmidan ko‘pining faralari yo‘lni yetarlicha yoritmaydi va qarshi yo‘nalishdan kelayotgan haydovchilar ko‘zini qamashtiradi. Sinovlar natijalariga ko‘ra, 165 ta modeldan 32 tasigina eng yuqori baho olgan.

IIHS faralarni sinovdan o‘tkazishni 2016 yilda boshlagan. Sinovlarda 31 ta model va 82 ta variantdagi yorug‘lik texnikasi ishtirok etgan. O‘shanda Toyota Prius modelining uzoqni yoritish nurini avtomatik boshqarish funksiyasiga ega yorug‘lik-diodli faralari eng yaxshi, BMW 3-Series’ning faralari esa eng yomon deb topilgandi. O‘sha yilning iyunida o‘tkazilgan keyingi sinovlarda Honda HR-V eng yaxshi optikaga ega deb topilgan. Eng yomon faralar esa Mazda CX-3’da ekanligi qayd qilingan.
2018 yilda institut 165 ta avtomobilni va 424 ta variantdagi yorug‘lik texnikasini tekshiruvdan o‘tkazgan. 32 ta model “yaxshi” baho, 58 tasi “qoniqarli”, 32 tasi “past” baho va 43 tasi eng past baho olgan. Shu tariqa, sinalgan avtomobillarning 67 foizi faralari amaldagi xavfsizlik talablariga mos kelmagan. Eng yuqori baholarni Genesis G90 va Lexus NX modellari olgan. Chevrolet Volt, Genesis G80, Mercedes-Benz E-Class va Toyota Camry modellarining faralari “yaxshi”, Honda HR-V, Toyota C-HR va Infiniti QX60 faralari eng yomon deb topilgan.

Quyida 2018 yilda faralari uchun “yaxshi” va “qoniqarli” baho olgan avtomobillar keltirilgan.

IIHS sinovlari kunning qorong‘i qismida o‘tkaziladi. Maxsus sensorlar yordamida har bir turdagi faralar uchun to‘g‘ri ketayotganda va burilishning 4 ta turidagi (chap va o‘ng burilishlar, ohista va keskin burilishlar) nur miqdori o‘lchanadi. Bu sinovlarda olingan yuqori baholar IIHS’ning krash-testlarida eng yaxshi natijalar ko‘rsatgan mashinalarga eng oliy mukofot Top Safety Pick+’ni olishga imkon beradi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 208
  • O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan? 22 apr, 18:53 165
  • Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi 22 apr, 16:22 225
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 142
  • Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi avtomobil zavodi faoliyati bilan tanishdi (foto) 08 apr, 20:30 374
  • O‘zbekistonda elektromobillarga o‘tish tendensiyasi qanday ketyapti? 03 apr, 20:28 212
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 162
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 169
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 260
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 78
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 107
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 176
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 289
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 167
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 38
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 53
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 143
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 196
  • Bo‘limlar