“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 11:21
ЎЗO‘Z

Shaxsiy avtomobillarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibiga o‘zgartirish kiritish taklif qilindi

12 noya, 20:28 7 592 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shaxsiy avtomobillarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibiga o‘zgartirish kiritish taklif qilindi “Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida shaxsiy yengil avtotransport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibiga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida petitsiya paydo bo‘ldi.

Ma’lumki, shaxsiy avtomashinalar, uning egasi doimiy ro‘yxatdan o‘tgan joydagi ichki ishlar organlarining tegishli bo‘limlari (DYHXX) tomonidan texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi. Ammo bu holat ayrim noqulayliklarni keltirib chiqarmoqda, deyiladi murojaatda.

Jumladan, ba’zi fuqarolar kasb taqozosi yoki ish faoliyati sabab, mamlakatning turli hududlarida oylab, ba’zan yillab vaqtinchalik bo‘lishiga to‘g‘ri keladi. Bu vaqtda ushbu fuqarolar shaxsiy avtoulovlarini navbatdagi texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun doimiy yashash joyiga borib kelishi zarur. Bu o‘z navbatida, birinchidan, ortiqcha sarson bo‘lish, ikkinchidan, doimiy yashash joyiga borib kelishi uchun xizmat yoki ish faoliyatidan vaqtincha ajralishiga olib keladi. Andijon yoki Toshkentdan Nukus yoki Xorazmga borib avtoulovni texnik ko‘rikdan o‘tkazib kelish uchun kamida 3 kun vaqt ketadi.

“Yuqoridagilardan kelib chiqib, O‘zbekiston fuqarolarining avtotransport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish, fuqaroning doimiy ro‘yxatdan o‘tgan joyidan qat’i nazar, yurtimizning barcha hududlarida amalga oshirishga ruxsat berilishini taklif qilaman”, - deb yozadi petitsiya muallifi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 208
  • O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan? 22 apr, 18:53 165
  • Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi 22 apr, 16:22 225
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 142
  • Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi avtomobil zavodi faoliyati bilan tanishdi (foto) 08 apr, 20:30 374
  • O‘zbekistonda elektromobillarga o‘tish tendensiyasi qanday ketyapti? 03 apr, 20:28 212
  • So'nggi yangiliklar
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 0
  • AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi 03 мая, 10:40 0
  • Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi 03 мая, 09:34 15
  • U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi 03 мая, 09:24 45
  • Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi 03 мая, 09:09 57
  • Bayden talabalarning norozilik namoyishlari uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi 03 мая, 09:05 14
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 243
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 219
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 334
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 105
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 126
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 209
  • Bo‘limlar