“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 15:44
ЎЗO‘Z

Endi yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun haydovchilik guvohnomasi olib qo‘yilmaydi

25 okt, 10:43 6 162 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Endi yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun haydovchilik guvohnomasi olib qo‘yilmaydi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2018 yil 20 oktyabrdagi “Toshkent shahrida yo‘l harakati qoidalarining buzilishiga doir ma’muriy jarimalarni to‘lashning billing tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi buyrug‘i joriy yilning 1 noyabridan kuchga kiradi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, mazkur hujjatga muvofiq aynan ushbu sanadan boshlab Toshkent shahrida yo‘l harakati qoidalarining buzilishiga doir ma’muriy jarimalarni to‘lashning billing tizimi tajriba tariqasida ishga tushiriladi.

Shuningdek, buyruqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan respublika miqyosida yo‘l harakati sohasidagi ma’muriy huquqbuzarliklarga doir ma’lumotlarning yagona bazasini o‘z ichiga olgan, jarimalar solish tartibotlari va ularning to‘lanishini nazorat qilinishini ta’minlovchi “Ma’muriy amaliyot” kompleks avtomatlashtirilgan axborot tizimi (KAAT) amaliyotga joriy etilgani ham qayd etilgan.

Endilikda “Ma’muriy amaliyot” KAATdan foydalangan holda transport vositalari haydovchilari tomonidan yo‘l harakati qoidalarining buzilishi birinchi marta yoki takroran sodir etilayotganligi bo‘yicha fakt planshet telefonlar yordamida voqea joyining o‘zida real vaqt rejimida aniqlanadi.

Eng asosiysi, billing tizimidan foydalanishda yo‘l harakati qoidalarini buzganligi uchun transport vositalari haydovchilarining haydovchilik guvohnomalari olib qo‘yilmaydigan bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning to‘g‘ridan-to‘g‘ri transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilishni nazarda tutuvchi moddasida ko‘rsatilgan holatlar bundan mustasnodir.

Muhim yangiliklardan yana biri, qoidabuzarga jarima mobil aloqa operatorlari orqali billing tizimidan foydalangan holda SMS shaklda hamda “O‘zbekiston pochtasi” AJ orqali yuboriladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 207
  • O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan? 22 apr, 18:53 163
  • Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi 22 apr, 16:22 224
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 141
  • Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi avtomobil zavodi faoliyati bilan tanishdi (foto) 08 apr, 20:30 374
  • O‘zbekistonda elektromobillarga o‘tish tendensiyasi qanday ketyapti? 03 apr, 20:28 212
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 0
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 0
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 11
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 21
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 14
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 15
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 110
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 155
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 58
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 20
  • Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi 02 мая, 10:20 124
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 94
  • Bo‘limlar