“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 21 2024, 06:02
ЎЗO‘Z

Haydovchilarning belgilangan tezlikni oshirgani uchun jarimalar kattalashdi

23 okt, 20:42 5 301 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Haydovchilarning belgilangan tezlikni oshirgani uchun jarimalar kattalashdi O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi. Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2018 yil 12 sentyabrda qabul qilingan, Senat tomonidan 2018 yil 27 sentyabrda ma’qullangan.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 128(3)-moddasi (Transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini oshirib yuborishi):

uchinchi qismining sanksiyasidagi (Transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 40 kilometrdan ortiq kattalikda oshirib yuborishi - eng kam ish haqining yetti baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi) «yetti» degan so‘z «to‘qqiz» degan so‘z bilan almashtirildi;

to‘rtinchi qismining (Transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 20 kilometrdan ortiq, lekin 40 kilometrdan ko‘p bo‘lmagan kattalikda xuddi shunday huquqbuzarlik uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror oshirib yuborishi yoxud transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 20 kilometrdan ko‘p bo‘lmagan kattalikda xuddi shunday huquqbuzarlik uchun ikki marta ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror oshirib yuborishi - eng kam ish haqining o‘n baravari miqdorida jarima solishga yoki transport vositasini boshqarish huquqidan bir yil muddatga mahrum etishga sabab bo‘ladi) sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etildi:

«eng kam ish haqining o‘n besh baravari miqdorida jarima solishga yoki transport vositasini boshqarish huquqidan bir yil muddatga mahrum qilishga sabab bo‘ladi»;

beshinchi qismining sanksiyasi (Transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 40 kilometrdan ortiq kattalikda xuddi shunday huquqbuzarlik uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror oshirib yuborishi yoki transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 20 kilometrdan ortiq, lekin 40 kilometrdan ko‘p bo‘lmagan kattalikda xuddi shunday huquqbuzarlik uchun ikki marta ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror oshirib yuborishi yoxud transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 20 kilometrdan ko‘p bo‘lmagan kattalikda xuddi shunday huquqbuzarlik uchun uch marta ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror oshirib yuborishi - transport vositasini boshqarish huquqidan ikki yil muddatga mahrum etishga sabab bo‘ladi) quyidagi tahrirda bayon etildi:

«transport vositasini boshqarish huquqidan ikki yil muddatga mahrum qilib, eng kam ish haqining yigirma besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi».




Mavzuga oid yangiliklar
  • BYD Seagull O‘zbekistonda Xitoydagi narxidan 4300 dollar qimmat sotiladi 08 sen, 08:47 35
  • Dunyodagi eng qimmat 6 ta retro avtomobil 28 avg, 23:15 56
  • O‘zbekistonda qaysi avtomobil eng ko‘p ishlab chiqarilmoqda? 23 avg, 21:37 217
  • Tesla Xitoyda sotilgan 1,68 mln dona avtomobilni chaqirib oladi 08 avg, 07:49 77
  • Tarixdagi so‘nggi «Lacetti» zavoddan chiqdi 27 iyul, 12:12 345
  • O‘zbekistonda elektromobillar importi uchun bojlarni qaytarish taklif etildi 26 iyul, 15:38 198
  • So'nggi yangiliklar
  • Eron Haniyaning o‘limi uchun Isroilga tez orada javob berishga va’da berdi 20 sen, 23:34 16
  • Osiyoda NATOning o‘xshashi tashkil etilishi mumkin 20 sen, 23:19 13
  • Xose Venansio Lopes: "Ropiyevning qizil kartochkasi barchasini o‘zgartirib yubordi. Men shartnomamni shu yerda yakunlayman" 20 sen, 23:12 14
  • Sergey Lushchan: "O‘yinimiz "nol". Hujumga deyarli o‘ta olmadik" 20 sen, 22:54 7
  • Zelenskiy: Ikkinchi tinchlik sammiti urushga chek qo‘yishi kerak 20 sen, 22:30 7
  • Avstraliya terma jamoasi bosh murabbiysiz qoldi 20 sen, 22:08 9
  • Futzal. O‘zbekiston Kosta-Rikaga ham mag‘lub bo‘lib, turnirni guruh bosqichida yakunladi 20 sen, 22:03 7
  • O‘zbekistonda bo‘lishi nomaqbul chet elliklar ro‘yxati yuritiladi 20 sen, 21:47 12
  • Amerikada erkak 18 yil birovning “svet”iga pul to‘lab kelgani aniqlandi 20 sen, 21:23 14
  • Hokim va mahalliy Kengash raisi lavozimlari bir-biridan ajratildi 20 sen, 21:00 21
  • Ona duosini olmagan kishining nadomatlari (Hayotiy hikoya) 20 sen, 20:30 17
  • Psixologik yordam ko‘rsatish faoliyatini tartibga soluvchi qonun ma’qullandi 20 sen, 20:05 9
  • Bo‘limlar