“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 02:35
ЎЗO‘Z

GM Uzbekistan kunlik avto kontraktatsiyani 6,6 barobarga oshirdi

20 sen, 12:43 8 719 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
GM Uzbekistan kunlik avto kontraktatsiyani 6,6 barobarga oshirdi GM Uzbekistan kompaniyasi 2018 yilning yanvar—iyul oylarida mashina oldi-sotdisi boʻyicha kuniga oʻrtacha 489 ta shartnoma rasmiylashtirgan boʻlsa, sentyabr oyida bu koʻrsatkich 3351 taga chiqqan. Yaʼni, “Oʻzavtosanoat” rahbari Shavkat Umurzoqov aytganidek, kunlik kontraktatsiyalar soni 6,6 barobarga oshgan.

Oʻz-oʻzidan, avtomobil ishlab chiqarish hajmi ham oshgan. Umurzoqov intervyusida maʼlum qilishicha, GM Uzbekistan bu yil 220 ming dona avtomobil ishlab chiqarmoqchi — bu oʻtgan yilgi koʻrsatkich (140 247 dona avtomobil)dan 157 foizga koʻp. Masalan, 2018 yilning avgust oyida 16,8 ming dona mashina ishlab chiqarilgan boʻlib, bu avvalgi oylardagi oʻrtacha koʻrsatkichdan 120 foizga koʻp. Sentyabrda 23,3 ming avtomobil ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan.
Shavkat Umurzoqovning qayd etishicha, Asakadagi avtozavod bugungi kunda sutkasiga 22 soat va toʻliq quvvat bilan ishlayapti. Maʼlum boʻlishicha, zavod avvallari sutkasiga 8—11 soatdan ishlagan. Avtomobil tannarxini kamaytirishga ham eʼtibor qaratilmoqda. “Bugungi kungacha bir avtomobilga ketadigan xarajatlar 10 foizga kamaytirildi. Yana 10—15 foizga kamaytirishni koʻzlayapmiz”, — dedi Umurzoqov.

2018 yil yakunlari boʻyicha eng talabgir avtomobillarga boʻlgan ehtiyojni qondirish maqsadida Damas/Labo avtomobillarini ishlab chiqarish hajmi 1,5 barobarga — 41,1 donagacha oshishi kutilyapti. Malibu ishlab chiqarish hajmi oktyabrdan besh barobarga, noyabrdan esa 10 barobarga oshadi (oyiga oʻrtacha 194 donadan 2200 donagacha).

Yana bir qiziq fakt — avtomobil sotuvidan yanvar—iyul oylarida har kuni oʻrtacha 41,7 milliard soʻm tushgan boʻlsa, sentyabrning har kunida oʻrtacha 126,5 milliard soʻm tushyapti.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 208
  • O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan? 22 apr, 18:53 165
  • Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi 22 apr, 16:22 225
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 142
  • Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi avtomobil zavodi faoliyati bilan tanishdi (foto) 08 apr, 20:30 374
  • O‘zbekistonda elektromobillarga o‘tish tendensiyasi qanday ketyapti? 03 apr, 20:28 213
  • So'nggi yangiliklar
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 37
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 13
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 4
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 11
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 110
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 55
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 37
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 131
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 136
  • Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi 03 мая, 23:03 48
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 80
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 78
  • Bo‘limlar