“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 22:05
ЎЗO‘Z

3 kun ichida avtomobillar oynasini qoraytirishga 45 ta ruxsat berildi

26 avg, 10:58 5 630 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
3 kun ichida avtomobillar oynasini qoraytirishga 45 ta ruxsat berildi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 18 iyuldagi “Tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) oynali yengil avtotransport vositalaridan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qaroriga koʻra, Toshkentda 23 avgustdan yengil avtotransport vositalari oynasini qoraytirishga ruxsatlar berila boshlandi. Oʻtgan 3 kun ichida bunday ruxsatni 30 nafar jismoniy va 15 nafar yuridik shaxs olgan.

Oynalarni qoraytirishga ruxsatlarni Toshkent shahri Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasining quyidagi manzillar boʻyicha joylashgan diagnostika stansiyalarida olish mumkin:

1-diagnostik stansiya: Chilonzor tumani, Bunyodkor koʻchasi, 118a. Telefon: 279-35-90, faks: 279-64-46. Avtobuslar: 32, 100, 105, 118.

2-diagnostik stansiya: Yunusobod tumani, O.Zokirova koʻchasi, 2a. Telefon: 212-88-69, faks: 223-25-30. Avtobuslar: 83, 96.

3-diagnostik stansiya: Mirobod tumani, Vodil koʻchasi, 54. Telefon: 283-21-03. Avtobuslar: 37, 81, 93.

Eslatma: tegishli ruxsat olmasdan oʻzboshimchalik bilan avtomobillar oynalarini qoraytirish uchun Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 126-moddasiga koʻra javobgarlik koʻzda tutilgan.

126-modda. Koʻzgusimon va (yoki) tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) oynali, shuningdek tevarak-atrofni koʻrishni cheklaydigan qoplamali transport vositalaridan foydalanish

Texnik reglamentga muvofiq boʻlmagan koʻzgusimon va (yoki) tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) oynali transport vositalaridan, xuddi shuningdek haydovchining oʻrnidan tevarak-atrofni koʻrishni cheklaydigan qoʻshimcha narsalar oʻrnatilgan yoki qoplamalar surtilgan transport vositalaridan foydalanish eng kam ish haqining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, eng kam ish haqining ikki baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida Trade-up dasturi joriy etiladi 18 мая, 09:32 181
  • General Motors Malibu ishlab chiqarishni to‘xtatadi 10 мая, 21:27 218
  • Avtomashinani qayta ro‘yxatdan o‘tkazish yig‘imi avvalgi miqdorga qaytarildi 09 мая, 14:25 245
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 240
  • O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan? 22 apr, 18:53 185
  • Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi 22 apr, 16:22 237
  • So'nggi yangiliklar
  • Erdo‘g‘on 1997 yilgi to‘ntarishda ayblangan generallarni afv etdi 19 мая, 21:45 4
  • Superliga. “Navbahor” “Neftchi”ni mag‘lub etdi, “OKMK” esa “So‘g‘diyona”dan ustun keldi 19 мая, 21:22 28
  • Minimal eksport narxlari e’tirozlarga sabab bo‘lmoqda 19 мая, 21:04 31
  • Xitoy nega Rossiyani qo‘llamoqchi emas? Tahlilchilar – Putinning Pekinga tashrifi haqida 19 мая, 20:23 94
  • Usik va Fyuri natijalar e’lon qilinishidan oldin nimalar haqida suhbatlashgan edi? 19 мая, 19:57 78
  • Eron prezidentini olib ketayotgan vertolyot halokatga uchradi 19 мая, 19:30 219
  • Isroil harbiy mahkamasi vaziri Netanyaxuga tahdid qildi 19 мая, 19:20 137
  • A Seriya. Shomurodovning jamoasi “Kalyari” “Sassuolo”ni ishonchli hisobda mag‘lub etdi 19 мая, 18:28 139
  • Samarqandda maktab o‘quvchisi sinfdosh qizning akasi tomonidan “samosud” qilindi 19 мая, 18:11 122
  • Mansab pillapoyalari: unga kimlar munosib? 19 мая, 17:43 65
  • Angrenda yuk vagonlari relsdan chiqib ketdi 19 мая, 17:22 86
  • Fransiya Yangi Kaledoniyaga qo‘shin yubordi (foto) 19 мая, 16:53 152
  • Bo‘limlar