“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 09:09
ЎЗO‘Z

«O‘zavtosanoat» rahbari narxlar nega oshirilayotganini tushuntirdi

30 iyul, 12:47 6 071 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«O‘zavtosanoat» rahbari narxlar nega oshirilayotganini tushuntirdi Xalqaro Press klubning navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda "O‘zavtosanoat" vakillari ishtirok etyapti, deb yozadi Kun.uz nashri.

“O‘zavtosanoat” boshqaruvi raisi Shavkat Umurzoqovning ma’lum qilishicha, asosiy muammolar Asaka shahridagi avtomobil zavodi bilan bog‘liq bo‘lgan.

“Haqiqatdan ham muammolar ko‘p. Ularning yechimini topish uchun vaqt kerak. Monopolizatsiya so‘zidan qochish lozim. GM Uzbekistan tomonidan O‘zbekiston bozori uchun ishlab chiqarilayotgan avtomobillar narxi oshishi faqat monopoliya bilan bog‘liq emas. Bu yerda ko‘p jihatlar bor. Biz narxlar nega oshirilayotgani sababini xalqqa yetkazishimiz kerak.

Asaka zavodi bizning tovar aylanmasining qariyb 90 foizini tashkil qiladi. Bu zavod yiliga 290 mingta mashina ishlab chiqarishi mumkin, lekin men kelganimda bu 160-170 mingtani tashkil qilgan. Quvvati deyarli 50 foizga ishlagan zavod ishlab chiqarayotgan mahsulotning tannarxi yuqori bo‘ladi, o‘zini oqlamaydi. Bu fuqarolar, xaridorlarning cho‘ntagiga uradi. Chet davlatlarga eksport qilish salohiyatini umuman yo‘qqa chiqaradi. Bugungi kunda eksport qilishimiz uchun avtomobillar tannarxini 30 foizga tushirishimiz kerak. Bunga ko‘p sabablar bor. Asosiy eksport qilinadigan davlat - Rossiya. Rossiyada sanksiyalar kiritmagan barcha davlatlarning brendlari bor. Ular o‘z bozorini saqlash uchun ham turli to‘siqlar qo‘yishyapti.

Biz nima qildik? Mashinalar butlovchi qismlari narxini 20 foizgacha tushirish haqida kelishib oldik. Buni bosqichma-bosqich qilamiz. Sababi bularga birdaniga 30 foizga tushirgin, deb bo‘lmaydi. Ular kreditda o‘tirgan tashkilotlardir, bu ularni batamom o‘ldiradi va avtomashinalar chiqmay qolib, bundan ham yomon taqchillik yuzaga keladi. Buni to‘g‘ri tushunish kerak. Bu holat butlovchi qismga tushadi, butlovchi qism zavodga boradi, oxiri bunga xaridor to‘laydi. Bu ham qimmatlashishiga sabablardan biri.

Shuning uchun biz yilning oxirigacha butlovchi qismlar narxini 20 foizgacha tushiramiz. Bu avtomashinaning ishlab chiqarish narxini to‘qqiz foizga tushishiga olib keladi. Bundan tashqari, avtomobillar ishlab chiqarish hajmini 220 mingtaga, ya’ni yilning oxirigacha qo‘shimcha 140 mingta mashina ishlab chiqarishni rejalashtirganmiz.

Men va’da beraman: birontasi oldimizga qo‘yilgan bu maqsadga to‘sqinlik qilib, xalaqit bermaydi. Ya’ni, bizga ehtiyot qismlarni o‘z vaqtida yetkazib beradi, biz mashinalarni o‘z vaqtida ishlab chiqarib xalqqa yetkazamiz. Sun’iy taqchillik yo‘q bo‘lganidan so‘ng, avtomashinalarga bo‘lgan ehtiyojni qondira olamiz. Tannarxini ham shu uslub bilan tushirishga harakat qilamiz”, - dedi u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 1 avgustdan O‘zbekistonda mashinalar narxi oshishi xabar berilgandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 209
  • O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan? 22 apr, 18:53 167
  • Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi 22 apr, 16:22 227
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 143
  • Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi avtomobil zavodi faoliyati bilan tanishdi (foto) 08 apr, 20:30 383
  • O‘zbekistonda elektromobillarga o‘tish tendensiyasi qanday ketyapti? 03 apr, 20:28 213
  • So'nggi yangiliklar
  • Germaniya kansleri Rigada: Rossiyaning hisob-kitoblari o‘zini oqlamadi 07 мая, 08:57 0
  • Xotirani kuchaytiradigan va miya faoliyatini yaxshilaydigan mahsulotlar 07 мая, 08:30 1
  • Sirdaryodagi maktabda o‘quvchilar klip tomosha qildi, sinf rahbari va direktor ishdan olindi 07 мая, 08:15 2
  • Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi 07 мая, 08:10 0
  • Xitoy, Fransiya va Yevropa Ittifoqi yetakchilari Isroildan G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishni talab qildi 07 мая, 07:25 1
  • G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi 07 мая, 06:58 21
  • HAMAS G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha taklifni qabul qildi 07 мая, 06:30 39
  • Gvardiola: Sizlar xomsemiz o‘yinchilar jamoasisiz! 07 мая, 06:00 93
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 58
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 87
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 26
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 276
  • Bo‘limlar