“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 19:32
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda avtomobil oynasini qoraytirishga ruxsat berildi

19 iyul, 00:12 7 885 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda avtomobil oynasini qoraytirishga ruxsat berildi Tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali yengil avtotransport vositalaridan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida hukumat qarori qabul qilindi, deb xabar berdi Adliya vazirligining Telegramdagi «Huquqiy axborot» kanaliga tayanib Kun nashri.

Xabarda bildirilishicha, qarorga muvofiq 2018 yil 1 avgustdan qoraytirilgan oynali yengil avtotransport vositalaridan pulli asosda foydalanishga ruxsat berildi.

Oynalarni qoraytirish Ichki ishlar vazirligi huzuridagi «Innovatsiya loyihalari va aholiga servis xizmatlari ko‘rsatish markazi» DUK tomonidan amalga oshiriladi.

Oynalarni qoraytirish uchun Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati (DYHXX)dan ruxsatnoma (1 yilga beriladi) olish kerak.

Orqa oynani yorug‘lik o‘tkazuvchanlik besh foizdan kam bo‘lmagan (95 foizga qoraytirish), orqa yon oynalarni yorug‘lik o‘tkazuvchanlik 30 foizdan kam bo‘lmagan (70 foizga qoraytirish) darajada o‘zgartirish mumkin.

Old oynaning tepa qismini 14 santimetrdan ko‘p bo‘lmagan va yorug‘lik o‘tkazuvchanlik 30 foizdan kam bo‘lmagan shaklda o‘zgartirish uchun ruxsatnoma shart emas.

Xorijiy davlatlarning oynalari qoraytirilgan yengil avtotransport vositalari O‘zbekistonga vaqtincha kirishi va tranzit harakatlanishi uchun 15 AQSh dollari miqdorida yig‘im undiriladi.

Qoraytirishga ruxsatnoma berganlik uchun to‘lov jismoniy shaxslarga eng kam ish haqining 90 baravari (16 587 000 so‘m), yuridik shaxslarga eng kam ish haqining 120 baravari (22 116 000 so‘m) va xorijiy davlatlar yuridik shaxslariga eng kam ish haqining 140 baravari (25 802 000 so‘m) etib belgilandi.

Avvalroq «Taraqqiyot strategiyasi» markazi ekspertlari avtomobillar oynasini qoraytirishga ruxsatnoma berganlik uchun to‘lov miqdori yuqoriligini bildirgan edi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 216
  • O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan? 22 apr, 18:53 171
  • Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi 22 apr, 16:22 233
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 147
  • Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi avtomobil zavodi faoliyati bilan tanishdi (foto) 08 apr, 20:30 395
  • O‘zbekistonda elektromobillarga o‘tish tendensiyasi qanday ketyapti? 03 apr, 20:28 223
  • So'nggi yangiliklar
  • Zelenskiy G‘arbga murojaat qildi 08 мая, 19:00 0
  • Rogov: Xorijiy yollanma askarlar Ukraina uchun jang qilishdan bosh tortmoqda 08 мая, 18:34 0
  • “Barselona”da yangi mojaro boshlandi 08 мая, 18:10 0
  • Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi 08 мая, 17:51 4
  • Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi 08 мая, 17:30 18
  • Abituriyentlar avval test topshirib, keyin qayerda o‘qishni tanlaydi 08 мая, 17:13 27
  • Toshkentdagi Isroil elchixonasini yoqib yuborishga uringan talaba 5 yilga qamaldi 08 мая, 16:50 13
  • Sirtqi ta’lim bosqichma-bosqich tugatiladi 08 мая, 16:30 32
  • O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi 08 мая, 16:10 37
  • “Chelsi” 2024 yilda kimlar bilan xayrlashadi? 08 мая, 15:49 27
  • Rossiya yana bir bor Ukraina bo‘ylab yopirilma zarbalar yo‘lladi 08 мая, 15:23 176
  • Trampning maxfiy hujjatlar bo‘yicha sud jarayoni keyinga qoldirildi 08 мая, 15:00 28
  • Bo‘limlar