“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 16:04
ЎЗO‘Z

Eng yaxshi haydovchisiz mashinalar ishlab chiqaruvchi kompaniyalar reytingi (foto)

11 iyun, 09:30 6 883 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Eng yaxshi haydovchisiz mashinalar ishlab chiqaruvchi kompaniyalar reytingi (foto) Yaqin 3 yil ichida ko‘plab kompaniyalar va startaplar shaharda qat’iy yo‘nalish bo‘yicha mustaqil ravishda harakatlana oluvchi haydovchisiz mashinalarni taqdim qilishni rejalashtirmoqda.

Bloomberg nashri eng yaxshi haydovchisiz mashinalar ishlab chiqaruvchilari haqida maqola chop etdi. Unga ko‘ra, jahonda ilk haydovchisiz mashinalar xizmatini yo‘lga qo‘yish borasida Alphabet kompaniyasiga qarashli Waymo shak-shubhasiz yetakchi hisoblanadi.

Waymo asosiy raqobatchilardan naq bir yil avval haydovchisiz mashinalarini taqdim qiladi. Kompaniya 2018 yil oxirigacha haydovchisiz taksi xizmatini ishga tushirmoqchi. Hozircha esa yo‘lovchilar sinovlar davomida ushbu haydovchisiz mashinalarda bepul yurishlari mumkin.

2-o‘rinni General Motors egalladi. Ushbu kompaniyada haydovchisiz mashinalar yaratish uchun o‘zining 1,1 mlrd dollariga qo‘shimcha Yaponiyaning SoftBank’ining 2,25 mlrd dollari bor. GM 2019 yilda rul va pedalsiz bo‘lgan Chevrolet Bolt mashinasi negizida karshering xizmatini yo‘lga qo‘ymoqchi.

Foto: Bloomberg
Qolgan kompaniyalar esa bozorga 2020 yildan oldin chiqishni mo‘ljallashmayapti.

Eng yaxshi haydovchisiz mashinalar ishlab chiqaruvchi kompaniyalar reytingida 3-o‘rinni Mercedes-Benz egallamoqda. Unga egalik qiluvchi Daimler konserni Bosch va NVIDIA kompaniyalari bilan birga 4- va 5-avtonomlik darajasiga ega tajribaviy haydovchisiz mashinalar tayyorlamoqda. Mercedes’ning ilk haydovchisiz taksilari yo‘llarda 2021 yilda paydo bo‘ladi.

Foto: Bloomberg
4-o‘rinni Aptiv Plc egallamoqda. Kompaniya avtomatlashtirish texnologiyasiga ancha sarmoya kiritdi, dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchisi Ottomatika va lidarlar ishlab chiqaruvchi Innoviz, Leddertech va Quanergy Systems kompaniyalarning ulushini sotib oldi. Aptiv yanvarda CES 2018 ko‘rgazmasida Lyft bilan birga haydovchisiz taksini namoyish qildi. Kompaniya bunda Audi va BMW mashinalaridan foydalanadi.

Foto: Bloomberg
5-o‘ringa Zoox startapi qo‘yilgan. U haydovchisiz mashinasini yaratishda Toyota Highlander’dan foydalanadi va GM sinov o‘tkazgan yo‘llarda sinovlar o‘tkazgan. Agar startap qo‘shimcha sarmoyalar jalb qila olsa, u o‘zining haydovchisiz mashinasini 2020 yilda yo‘llarga chiqarishiga umid qilmoqda.

Reytingning keyingi o‘rinlarini Renault-Nissan, Volkswagen va Audi, BMW, Fiat Chrysler, Toyota, Ford va Volvo, Uber, Tesla va Baidu egallagan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 208
  • O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan? 22 apr, 18:53 165
  • Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi 22 apr, 16:22 225
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 142
  • Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi avtomobil zavodi faoliyati bilan tanishdi (foto) 08 apr, 20:30 374
  • O‘zbekistonda elektromobillarga o‘tish tendensiyasi qanday ketyapti? 03 apr, 20:28 212
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 15
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 6
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 48
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 40
  • Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi 03 мая, 14:10 40
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 60
  • SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi? 03 мая, 13:25 129
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 43
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 39
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 62
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 185
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 40
  • Bo‘limlar