“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 12:59
ЎЗO‘Z

GM Uzbekistan eksport qilinadigan mashinalar narxini oshirmoqchi

02 iyun, 10:53 9 556 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
GM Uzbekistan eksport qilinadigan mashinalar narxini oshirmoqchi GM Uzbekistan o‘z avtomashinalar narxlarini eksport bozorlarda ko‘paytirishni rejalashtirmoqda. “O‘zavtosanoat” rahbari Umidjon Salimovga ko‘ra, hozirgi vaqtda kompaniya xorijiy bozorlar narxlarini o‘rganmoqda va bu ish bir oyga yaqin vaqtni olishi mumkin.

“Eksport narxlari oshishi aniq. Barcha eksport bozorlar uchun yagona narxlarimiz bor, shuning uchun Rossiya, Qozog‘iston va boshqa joylarda narxlar oshadi. Hozir bir qancha ssenariylar ko‘rib chiqilmoqda. Ya’ni narxlar 10 %, 15 %, 20 % va 25 % ko‘payishi mumkin”, — deb ta’kidladi “O‘zavtosanoat” rahbari.

Salimovning so‘zlariga qaraganda, hozirgi vaqtda mashinalar narxini oshirilishi kompaniyaning xorijiy bozorda raqobatbardoshligiga qanday ta’sir qilishi mumkinligi batafsil o‘rganib chiqilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, GM Uzbekistan eng asosiy eksport bozorlari bu — Rossiya va Qozog‘iston hisoblanadi, ushbu davlatlarga avtomashinalar Ravon brendi ostida eksport qilinmoqda.

Yaqin yillarda kompaniya Qozog‘istonda “Allyur kompaniya guruhi” (Gruppoy kompaniy Allyur) orqali yetakchi o‘ringa chiqishni rejalashtirmoqda.

Bugungi kunda GM Uzbekistan tomonidan Asaka, Xorazm va Toshkentdagi zavodlarda Chevrolet va Ravon brendlarda 8 turdagi modellar (Spark (R2), Nexia (R3), Cobalt (R4), Lacetti (Gentra), Captiva, Malibu, Damas va Labo) ishlab chiqarilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 209
  • O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan? 22 apr, 18:53 167
  • Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi 22 apr, 16:22 227
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 143
  • Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi avtomobil zavodi faoliyati bilan tanishdi (foto) 08 apr, 20:30 383
  • O‘zbekistonda elektromobillarga o‘tish tendensiyasi qanday ketyapti? 03 apr, 20:28 213
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSHning Ukraina bo‘yicha dahshatli rejasi ma’lum bo‘ldi 07 мая, 11:50 10
  • Sentyabr oyiga qadar o‘quv jarayonlariga yangi tizim joriy etiladi 07 мая, 11:23 14
  • AQSH Kongressi Ukrainaga qo‘shin yuborish shartini aytdi 07 мая, 11:00 61
  • AQSH Putinni Rossiya prezidenti sifatida tan oladimi? 07 мая, 10:35 56
  • Kilian Mbappe Useyn Bolt bilan poyga qilish istagi haqida fikr bildirdi 07 мая, 10:09 23
  • Har kuni makaron iste’mol qilinsa organizmda qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi? 07 мая, 09:44 37
  • 3 ming nafar o‘zbekistonlik Koreyaga avtomobilsozlik yo‘nalishida ishga yuborilishi mumkin 07 мая, 09:23 23
  • Germaniya kansleri Rigada: Rossiyaning hisob-kitoblari o‘zini oqlamadi 07 мая, 08:57 142
  • Xotirani kuchaytiradigan va miya faoliyatini yaxshilaydigan mahsulotlar 07 мая, 08:30 46
  • Sirdaryodagi maktabda o‘quvchilar klip tomosha qildi, sinf rahbari va direktor ishdan olindi 07 мая, 08:15 121
  • Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi 07 мая, 08:10 80
  • Xitoy, Fransiya va Yevropa Ittifoqi yetakchilari Isroildan G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishni talab qildi 07 мая, 07:25 43
  • Bo‘limlar