“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 11:46
ЎЗO‘Z

O‘zbekiston Volkswagen avtomobillarini ishlab chiqaradi

02 iyun, 08:02 7 315 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekiston Volkswagen avtomobillarini ishlab chiqaradi “O‘zavtosanoat” va Volkswagen O‘zbekistonda nemis konsernining turli brendlariga tegishli bir nechta modellarini ishlab chiqarish imkoniyatini muhokama qilmoqda.

Hozirda Volkswagen tarkibiga Porsche, Audi, Bentley, Bugatti, Lamborghini, Skoda, SEAT, Scania va MAN brendlari kiradi.

“Volkswagen bilan hamkorlikni olti oy ilgari boshladik. Ular tomonidan O‘zbekistonda muqobil ishlab chiqarishni tashkil etishga qiziqish bildirildi. Bu bizning boshqa brendlar ishlab chiqarilishi bo‘yicha manfaatlarimizga mos keldi, chunki biz boshqa brendlarda ham ishlab chiqarishni rivojlantirishni ko‘zda tutganmiz”, - dedi “O‘zavtosanoat” boshqaruvi raisi Umidjon Salimov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hamkorlikning birinchi yo‘nalishi Volkswagen Amarok pikaplarini yig‘ish bo‘ladi.

"Biz barcha ishlab chiqarish va texnologik qo‘llab-quvvatlash borasida deyarli kelishib oldik. Hozirda mahsulot qiymati masalasi ustida ish olib borilmoqda. Volkswagen arzon mahsulot emas va u o‘rtachadan yuqori narx toifasida turadi”, - dedi Salimov.

Amarok O‘zbekiston uchun juda yaxshi va qiziqarli mahsulot, deb hisoblaydi “O‘zavtosanoat” rahbari, chunki mamlakatda bunday turdagi avtomobillar nafaqat ishlab chiqarilmaydi, balki sotuvda ham deyarli yo‘q.

“Biz Amarok bilan cheklanib qolmaymiz, parallel ravishda Volkswagen kompaniyasining boshqa brendlari haqida ham o‘ylab ko‘ramiz”, — ta’kidladi Umidjon Salimov.

Eslatib o‘tamiz, “O‘zavtosanoat” va Volkswagen AG o‘rtasidagi hamkorlikda ishlab chiqarishni tashkil etish haqidagi kelishuv bosh vazir Abdulla Aripovning o‘tgan yil noyabrda Germaniyaga rasmiy tashrifi doirasida imzolangandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 207
  • O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan? 22 apr, 18:53 163
  • Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi 22 apr, 16:22 224
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 141
  • Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi avtomobil zavodi faoliyati bilan tanishdi (foto) 08 apr, 20:30 374
  • O‘zbekistonda elektromobillarga o‘tish tendensiyasi qanday ketyapti? 03 apr, 20:28 212
  • So'nggi yangiliklar
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 0
  • Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi 02 мая, 10:20 0
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 3
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 21
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 20
  • Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi 02 мая, 08:53 8
  • AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi 02 мая, 08:32 68
  • Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi 02 мая, 08:27 56
  • Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi 02 мая, 08:21 31
  • Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi" 02 мая, 07:05 88
  • Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi 02 мая, 06:34 209
  • Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi 02 мая, 06:00 121
  • Bo‘limlar