“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 09:28
ЎЗO‘Z

AvtoVAZ O‘zbekistonda yil oxirigacha 3 mingdan ortiq avtomobil sotmoqchi

27 apr, 07:04 6 088 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
AvtoVAZ O‘zbekistonda yil oxirigacha 3 mingdan ortiq avtomobil sotmoqchi Rossiyaning AvtoVAZ kompaniyasi yil oxiriga qadar 3 mingdan ortiq avtomobil sotishni mo‘ljallamoqda, deb xabar berdi Sputnik.

“Avtovaz”ning eksport savdolari bo‘yicha menejeri Ilya Semakinning aytishicha, O‘zbekiston bozori xorijlik ishlab chiqaruvchilar uchun yetarlicha yopiq hisoblanadi, bu yerda asosiy o‘rinni GM egallaydi. Ammo uning qayd etishicha, Rossiya kompaniyasi o‘zi haqida baland ovozda ma’lum qilishni ko‘zlagan va bir-ikki yildan so‘ng O‘zbekiston ko‘chalarida AvtoVAZ mashinalarini tez-tez uchratish mumkin bo‘ladi.

“Avvalgi yillarda biz yiliga 100ta atrofida mashina sotganmiz. O‘tgan yili katta o‘sish kuzatildi, ming donaga yaqin avtomobil sotildi. Bunga bozorning ochilishi, aksiz to‘lovlarining bir qismi yengillashtirilganligi sabab bo‘ldi. Joriy yil oxirigacha 3-4 ming dona avtomobil sotmoqchimiz. Savdoning asosiy qismi ”Lada Granta“, 4x4 va boshqa byudjet modellarga to‘g‘ri keladi”, — dedi Expo-Russia Uzbekistan 2018 ko‘rgazmasi doirasida Sputnik muxbiri bilan suhbatda Ilya Semakin.

Keyinchalik butun respublika bo‘ylab dilerlik markazlari tarmog‘ini yaratish rejalashtirilgan. Hozirda dilerlik tarmoqlari to‘rtta bo‘lib, ular Toshkent, Samarqand va Qoraqalpog‘istonda faoliyat ko‘rsatadi. Yil oxiriga qadar yana to‘rtta avtosalon ochish rejalashtirilmoqda.

“AvtoVAZ” guruhi Renault-Nissan-Mitsubishi alyansi tarkibiga kiradi va LADA, Renault, Nissan, Datsun brendlari ostida avtomobillar ishlab chiqaradi. Guruhning ishlab chiqarish maydonlari Tolyattida (PAO “Avtovaz”) va Ijevskda (“LADA Ijevskiy avtomobilnыy zavod”) joylashgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 208
  • O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan? 22 apr, 18:53 165
  • Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi 22 apr, 16:22 225
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 142
  • Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi avtomobil zavodi faoliyati bilan tanishdi (foto) 08 apr, 20:30 374
  • O‘zbekistonda elektromobillarga o‘tish tendensiyasi qanday ketyapti? 03 apr, 20:28 213
  • So'nggi yangiliklar
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 1
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 0
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 1
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 4
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 18
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 53
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 35
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 82
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 41
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 236
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 104
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 30
  • Bo‘limlar