“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 30 2024, 23:34
ЎЗO‘Z

O‘zbekiston Rossiya bozoriga yana 2 ta yangi rusumdagi avtomobilni chiqaradi

11 apr, 19:53 7 647 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekiston Rossiya bozoriga yana 2 ta yangi rusumdagi avtomobilni chiqaradi O‘zbekistonning “GM Uzbekistan” zavodi “Chevrolet Tacker” va yangilangan “Chevrolet Cobalt” rusumlarini ishlab chiqarishni boshlaydi. Mazkur avtoulovlar Rossiya bozoriga “Ravon” markasi ostida yetkazib beriladi. Bu haqda “Novosti Uzbekistana” axborot manbasi xabar berdi.

Yangi avtomashinalar sotuvini 2019 yildan boshlab yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. Lekin ularning taqdimoti joriy yilda o‘tkaziladi.

Yangi “Ravon R4” tejamkor transport vositasi hisoblanib, tashqi ko‘rinishi “Cobalt”ning birinchi turkuminiki bilan deyarli bir xil. Biroq ancha zamonaviylashtirilgan. Oldingi optika va ort chiroqlarning takomillashtirilgani, radiator panjarasi va kuzov qismlari, salon intererlaridagi o‘zgarishlar shular jumlasidandir.

Mazkur rusumning Rossiya bozoriga chiqarilishi bilan “Ravon Gentra” savdosi to‘xtatiladi.

“Ravon Tracker” esa shahar sharoitiga moslashtirilgan krossover bo‘lib, o‘zining “Chevrolet Corvette”, “Malibu” va “Volt”nikiga o‘xshash yorqin dizayni bilan ajralib turadi. Undagi takomillashtirilgan bamper, radiator panjarasi, yangilangan ort chiroqlar, galogen va svetodiod yoritqichlar e’tiborni o‘ziga tortadi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning yanvar oyida Rossiyada 1470 dona o‘zbek avtosi xarid qilingan va bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan uch barobar ko‘pdir.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 207
  • O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan? 22 apr, 18:53 161
  • Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi 22 apr, 16:22 222
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 141
  • Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi avtomobil zavodi faoliyati bilan tanishdi (foto) 08 apr, 20:30 374
  • O‘zbekistonda elektromobillarga o‘tish tendensiyasi qanday ketyapti? 03 apr, 20:28 212
  • So'nggi yangiliklar
  • Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi 30 apr, 23:00 0
  • O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan! 30 apr, 22:34 0
  • O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik... 30 apr, 21:56 2
  • Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi 30 apr, 21:33 10
  • Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi 30 apr, 21:10 22
  • AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi 30 apr, 20:43 38
  • Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi 30 apr, 20:18 12
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 144
  • May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi 30 apr, 19:30 98
  • Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi 30 apr, 19:13 35
  • Gruziya bosh vaziri mamlakat prezidentini “sotqin” deb atadi 30 apr, 18:50 193
  • Andijonda kelin erining uyidan seplarini MIB orqali qaytarib oldi 30 apr, 18:28 48
  • Bo‘limlar