“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 18:24
ЎЗO‘Z

YPX xodimi o‘z vazifasini bilmaydi(mi?)

06 mar, 06:30 9 883 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
YPX xodimi o‘z vazifasini bilmaydi(mi?) Ba’zan YHXX inspektorlari “to‘xtab turish taqiqlanadi” belgisi ostida qoldirilgan avtoulovning davlat raqamini yechib olganiga guvoh bo‘lamiz. Bugun ham inspektorning Buxoro ko‘chasida “to‘xtab turish taqiqlanadi” belgisi ostida qoldirilgan avtoulovlarning davlat raqamini yechib olayotganiga guvoh bo‘ldik va buni fotoapparatimizga ham muhrlab qo‘ydik. Qoidaga ko‘ra, inspektor avtomobil davlat raqamini yechib olishga haqlimi?

Transport vositalarining davlat raqam belgilarini yechib olish tartibi O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2012 yil 4 apreldagi 53-sonli buyrug‘i (Adliya vazirligida 2012 yil 21 may kuni 2367-son bilan ro‘yxatga olingan) talablarida ko‘rsatib o‘tilgan hollardagina qo‘llanilishi mumkin.

“To‘xtab turish taqiqlanadi” yo‘l belgisi talabi bajarilmagan holatlarda YHXX inspektorlari ma’muriy bayonnoma rasmiylashtiradi. Agar transport vositasi boshqa transport vositalariga halaqit bersa, majburiy evakuatsiya qilinadi.

IIVning 2012 yil 4 apreldagi 53-sonli buyrug‘i “Texnik ko‘rikdan o‘tkazishda DYHXX organlari tomonidan nosoz deb topilgan, shuningdek, belgilangan muddatlarda texnik ko‘rikdan o‘tmagan yoki tegishli ruxsatnomasiz qayta jihozlangan transport vositalarining davlat ro‘yxatidan o‘tkazish raqami belgilarini yechib olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” deb nomlanadi. Unga ko‘ra, tasdiqlangan nizomda “texnik nosoz, ruxsatnomasiz qayta jihozlangan yoki belgilangan muddatlarda texnik ko‘rikdan o‘tmagan transport vositasining davlat ro‘yxatidan o‘tkazish raqami belgilari DYHXX organlari tomonidan yechib olinadi” deb belgilab qo‘yilgan. Demak, boshqa hollarda avtotransport vositasining davlat raqamlari yechib olinishi mavjud qoidalarga muvofiq emas, deb hisoblanadi.

Manba: “Ishonch” gazetasi




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 208
  • O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan? 22 apr, 18:53 166
  • Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi 22 apr, 16:22 225
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 142
  • Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi avtomobil zavodi faoliyati bilan tanishdi (foto) 08 apr, 20:30 375
  • O‘zbekistonda elektromobillarga o‘tish tendensiyasi qanday ketyapti? 03 apr, 20:28 213
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi 04 мая, 18:00 1
  • Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi 04 мая, 17:39 1
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 4
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 6
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 12
  • Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi 04 мая, 16:10 32
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 22
  • Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi 04 мая, 15:21 43
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 87
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 76
  • Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar 04 мая, 14:10 20
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 56
  • Bo‘limlar