“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 04:00
ЎЗO‘Z

«Avtotest»ning monopoliyasiga barham beriladi

14 fev, 12:39 6 271 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Avtotest»ning monopoliyasiga barham beriladi Tahririyatimizga «Avtotest-Report» MChJning majburiy kurslarini o‘tash va uning uchun pul to‘lashdan norozi bo‘lgan haydovchilar, asosan, litsenziya asosida mehnat qilayotgan taksichilardan ko‘plab qo‘ng‘iroqlar, xatlar kelib turgan edi, deb yozadi Kun nashri. Ularning istagi — asosan, bu yangi tizimni bekor qilish, hech bo‘lmasa o‘qitish narxlarini pasaytirish, cho‘ntak ko‘taradigan qilishdan iborat bo‘lib, ular buni to‘lovlar og‘irlik qilishi, yuridik shaxs ixtiyoridagi mashinani korxonalarda bir necha kishi haydashi va ularning barchasini o‘qitish korxonalarga ham qimmatga tushishi, ortiqcha xarajatlar yuzaga kelayotgani bilan asoslab kelishayotgan edi.

Paradoksal vaziyat yuzaga keladi: kichik korxona rahbarining shaxsiy va xizmat mashinasi bor. Bitta haydovchilik guvohnomasi bilan har ikkisini haydashi mumkin. Lekin korxona hisobida turgan mashinani haydaganligi uchun faqat bir tashkilotga pul to‘lab o‘qishi kerak. Har ikki yilda!

Aynan «Avtotest» o‘qishlari tufayli lizingga va korxona hisobiga kreditga yoki to‘liq pul to‘lab avtomashina sotib olish fikridan voz kechganlar ham bor.

Boz ustiga, masalan, viloyatlardan biridan kelgan shikoyatlarda hech qanaqa innovatsion o‘qitish o‘tkazilmayotgani, o‘sha-o‘sha yurish-turishi shubhali o‘qituvchilar, o‘sha-o‘sha eski shablonlardan foydalanishayotganini izhor etishgan.

Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanalida e’lon qilinishicha, vazirlik tomonidan avtotransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha «Avtotest» MChJning monopol huquqlarini bekor qilish bo‘yicha Hukumat qarori loyihasi tayyorlanmoqda.

Loyihada haydovchilarni tayyorlash va malakasi oshirish faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini qonunchilikda belgilangan talablarga javob beradigan barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga berish ko‘zda tutilmoqda.

Shuningdek, yuridik shaxslarga tegishli avtotransport vositalari haydovchilariga o‘rnatilgan malaka oshirishga oid talabni qisman bekor qilish masalasi ko‘rilmoqda. Davriy ravishda haydovchilik malakasini oshirish talabini faqat tijorat sifatida yo‘lovchi va yuk tashish bilan shug‘ullanuvchi shaxslarga nisbatan qoldirish taklif qilinmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 209
  • O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan? 22 apr, 18:53 166
  • Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi 22 apr, 16:22 225
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 142
  • Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi avtomobil zavodi faoliyati bilan tanishdi (foto) 08 apr, 20:30 381
  • O‘zbekistonda elektromobillarga o‘tish tendensiyasi qanday ketyapti? 03 apr, 20:28 213
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 36
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 12
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 49
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 23
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 23
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 73
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 67
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 18
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 59
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 48
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 43
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 95
  • Bo‘limlar