“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 23:34
ЎЗO‘Z

Ford haydovchisiz politsiya avtomobilini patentladi

28 yanv, 15:56 6 393 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ford haydovchisiz politsiya avtomobilini patentladi Ford yangi biznes-model ustida ishlash uchun ikki kompaniyani qo‘lga kiritgani haqida e’lon qildi — Autonomic va TransLoc. Ushbu biznes-model odamlarni tashish va tovarlarni yetkazish uchun mo‘ljallangan avtonom transport ishlab chiqarishni ko‘zda tutadi. Bu haqda «Digital Trends»ga tayanib Kun.uz ma’lum qildi.

Haydovchisiz qurilmalar Ford'ga turli servislar uchun qo‘llash va keyinchalik xizmat ko‘lamini kengaytirish mumkin bo‘lgan qulay va mobil transport infratuzilmasini yaratishga yordam beradi. TransLoc kompaniyasining dasturiy ta’minoti yangi transport tizimidagi asosiy bo‘g‘in bo‘ladi, zero u avtomobillar uchun optimal yo‘nalishlarni belgilash imkonini beradi. Kompaniya shuningdek Transportation Mobility bulut servisini ishlab chimoqchi, uning yordamida transport va shahar infratuzilma ob’ektlari bir-biri bilan oson va qulay aloqada bo‘ladi.

Bundan tashqari, haydovchisiz texnologiyalarni politsiya mashinalariga nisbatan ham qo‘llashmoqchi. Har holda, Ford shunday patentga ariza bergan. Avtonom politsiya mashinalari xodimlar hayotiga xavf solmay, qoidabuzarlarni kuzatish imkonini beradi. Yangi dasturiy ta’minot haydovchilik ko‘nikmalari sabab qo‘lga olish qiyin bo‘lgan yuqori tezlikda harakatlanayotgan qoidabuzarlar yo‘nalishini oldindan hisoblab chiqishi mumkin.

Sun’iy intellekt haydovchisiz politsiya mashinalariga qoidabuzarlarni yaxshiroq kuzatish, ularga tezroq yetib olish imkonini beradi. Bu jarayonda politsiya xodimi haydovchi kreslosida o‘tirishi, lekin uni mustaqil boshqarmasligi mumkin.

Albatta, patentga ariza berish 1-2 yildan keyin shunday patrul mashinalarining yo‘llarda paydo bo‘lishini kafolatlamaydi. Kompaniya shunchaki raqiblarda shunday g‘oyaning paydo bo‘lish holatlarining oldini olib qo‘ymoqchi.

Uzoq vaqt aynan Ford haydovchisiz texnologiyalar bozorida yetakchi hisoblangan. Biroq General Motors o‘zining dadil rejalari va biznes-strategiyasi sabab kompaniyani birinchi o‘rindan siqib chiqardi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 208
  • O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan? 22 apr, 18:53 166
  • Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi 22 apr, 16:22 225
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 142
  • Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi avtomobil zavodi faoliyati bilan tanishdi (foto) 08 apr, 20:30 375
  • O‘zbekistonda elektromobillarga o‘tish tendensiyasi qanday ketyapti? 03 apr, 20:28 213
  • So'nggi yangiliklar
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 0
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 0
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 1
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 10
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 8
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 54
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 27
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 13
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 91
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 75
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 125
  • Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim” 04 мая, 18:23 43
  • Bo‘limlar