“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 22:27
ЎЗO‘Z

Hyundai kompaniyasi Tucson krossoveri tomida chodir o‘rnatdi

21 okt, 13:42 8 663 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Hyundai kompaniyasi Tucson krossoveri tomida chodir o‘rnatdi Hyundai kompaniyasi yangi avloddagi Tucson krossoverining navbatdagi versiyasini namoyish qildi. Avtomobilning bu versiya SEMA tyuning-shousi uchun maxsus tayyorlangan. Kun.uz xabar berishicha, Sayohat qilish ixlosmandlari uchun mo‘ljallangan mashina tyunerchi va fotosuratchi Jon Pangilinan bilan hamkorlikda yaratilgan. Avtomobil Adventuremobile (Sarguzashtlar avtomobili) deb nomlandi.

Yangi krossoverning o‘ziga xos jihati shundaki, uning tomida ikki kishilik Treeline Outdoors chodirini o‘rnatish mumkin. Krossover chodirga chiqish uchun mo‘ljallangan narvon hamda chodirdagi barcha zaruriy narsalarni elektr energiya bilan ta’minlaydigan quyosh batareyalari bilan jihozlangan.

Yo‘ltanlamas modernizasiya qilingan podveska, yangi shina va g‘ildiraklar diski, deyarli 4 smga oshirilgan yo‘l bilan oraliq, qo‘shimcha yorug‘lik qurilmasi, kuzovning o‘ziga xos rangi, yangi kiritish-chiqarish tizimi bilan ta’minlandi.

Tucson’ning bu versiyasi Hyundai’ning 2015 yildagi SEMA shousi uchun yaratgan 5-loyihasi bo‘ldi. Avvalroq koreys avtomobilsozlari Veloster, Genesis kupesidan yaratilgan BMW M4’ning raqobatchisi, Tucson’ning 700 ot kuchiga ega va yo‘ltanlamas modifikasiyalarini tayyorlagan edi.

SEMA shousi noyabr boshida Las-Vegasda bo‘lib o‘tadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 209
  • O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan? 22 apr, 18:53 166
  • Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi 22 apr, 16:22 226
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 143
  • Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi avtomobil zavodi faoliyati bilan tanishdi (foto) 08 apr, 20:30 383
  • O‘zbekistonda elektromobillarga o‘tish tendensiyasi qanday ketyapti? 03 apr, 20:28 213
  • So'nggi yangiliklar
  • Oliy sud 198 nafar qatag‘on qurboniga oqlov hukmi chiqardi 06 мая, 22:00 0
  • Ozish uchun qancha yugurish kerak? 06 мая, 21:40 0
  • Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi 06 мая, 21:15 3
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 4
  • Belgiya Isroilga nisbatan savdo sanksiyalarini qo‘llash tashabbusini ilgari surdi 06 мая, 20:26 21
  • Kapadze Parij-2024 haqida: «Shomurodovni chaqirishni iloji bo‘lsa, nega bundan foydalanmasligim kerak?» 06 мая, 20:03 91
  • Rossiya qo‘shinlari Ukraina sharqidagi ikkita aholi punktini to‘liq egalladi 06 мая, 19:37 142
  • Lavrov: “AQSHdagi demokratlar va respublikachilar Rossiyani dushman deb biladi” 06 мая, 19:13 83
  • Naoya Inoue meksikalik raqibini nokautga uchratdi 06 мая, 18:55 64
  • Ot sporti. Konkur bo‘yicha yana bir turnir o‘tkazildi 06 мая, 18:18 15
  • Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi 06 мая, 17:57 172
  • Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi 06 мая, 16:34 88
  • Bo‘limlar