“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 23:10
ЎЗO‘Z

Samarqandda Volkswagen avtomashinalari ishlab chiqariladi

16 noya, 22:54 13 382 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Samarqandda Volkswagen avtomashinalari ishlab chiqariladi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripovning Germaniyaga rasmiy tashrifi doirasida “O‘zavtosanoat” AK va Volkswagen AG”konserni o‘rtasida JV MAN Auto-Uzbekistan qo‘shma korxonasida Volkswagen Amarok pikaplarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Loyiha 2018-2019 yillarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

JV MAN Auto-Uzbekistan Markaziy Osiyodagi MAN rusumidagi yuk va yo‘lovchi tashishga ixtisoslashgan transport vositalari ishlab chiqaruvchi korxona hisoblanadi. 2009 yilning avgust oyida tashkil etilgan kompaniya Samarqand viloyatida joylashgan.

JV MAN Auto-Uzbekistan O‘zbekiston — Germaniya qo‘shma korxonasi hozirda 15 tonnadan 50 tonnagacha yuk ko‘tarish quvvatiga ega zamonaviy MAN tijorat avtotransport vositalarini ishlab chiqarmoqda. Kompaniya, shuningdek, avtobuslar, yuk, beton qoruvchi, suv tashishga ixtisoslashgan mashinalar kabi 50 turdagi maxsus texnikalarni ishlab chiqaradi.

Bosh qarorgohi Germaniyaning Volfsburg shahrida joylashgan Volkswagen AG dunyodagi yetakchi yirik avtomobilsozlik konsernlaridan biri sanaladi. Kompaniya 2016 yilda dunyo bo‘yicha 10,3 milliontadan ko‘proq avtomobil sotgan.

Konsern dunyoga mashhur 20 brendni o‘zida birlashtirgan: Volkswagen, Audi, Seat, Skoda, Bentley, Bugatti, Lamborghini, Porsche, Ducati, Volkswagen, Scania va MAN shular sirasidandir.

Konsernning modellar qatori mototsikllardan tortib, arzon narxlardagi ixcham va hashamatli avtomobillar, avtobuslar va og‘ir yuk mashinalarini qamrab olgan.

Volkswagen Amarok o‘rta o‘lchamdagi pikap bo‘lib, o‘zida yuqori aniqlikdagi boshqaruvchanlik, katta yuk ko‘taruvchanlik jihatlari, 4MOTION to‘liq privodli tizim, 8 pog‘onali uzatmalar qutisi va ushbu toifadagi mashinalar uchun eng kuchli 3 litrli V6 TDI dvigatelini mujassamlashtirgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 208
  • O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan? 22 apr, 18:53 165
  • Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi 22 apr, 16:22 225
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 142
  • Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi avtomobil zavodi faoliyati bilan tanishdi (foto) 08 apr, 20:30 374
  • O‘zbekistonda elektromobillarga o‘tish tendensiyasi qanday ketyapti? 03 apr, 20:28 213
  • So'nggi yangiliklar
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 0
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 0
  • Abbosbek Fayzullayev “kashfiyotlar” qatorida 03 мая, 22:29 0
  • Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi 03 мая, 22:00 2
  • Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi 03 мая, 21:43 14
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 7
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 6
  • Quddusda Turkiya fuqarosi isroillik politsiyachiga pichoq bilan hujum qildi 03 мая, 20:30 36
  • Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi 03 мая, 20:05 26
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 138
  • O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi 03 мая, 19:13 34
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 58
  • Bo‘limlar