“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 14:22
ЎЗO‘Z

Lada Vesta avtomobili seriyali tarzda ishlab chiqarila boshlandi

27 sen, 19:28 13 611 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Lada Vesta avtomobili seriyali tarzda ishlab chiqarila boshlandi “AvtoVAZ” kompaniyasi Lada Vesta avtomobilini seriyali tarzda ishlab chiqara boshladi. Modelni yig‘ish “IjAvto” korxonasida yo‘lga qo‘yildi.

Sedan Volga avtozavodining yaratgan yangi platformasida quriladi. Biroq bir qator butlovchi qismlar, jumladan rul boshqaruvi, torsion balka va tormoz Renault-Nissan alyansi avtomobillaridan olinadi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yangi avtomobil dastlab mexanik yoki “robot” uzatmalar qutisi bilan juftlikda ishlaydigan 1,6 litrli 16 klapanli, 106 ot kuchiga ega motor bilan taklif qilinadi. So‘ngra avtomobilning shunday hajmdagi, biroq 114 ot kuchiga ega dvigatelli versiyasi taklif qilinadi.

“Vesta” avtomobili “Klassik”, “Komfort” va “Lyuks” modifikasiyalarida taklif qilinadi. Avtomobilning standart jihozlariga ikkita xavfsizlik yostig‘i, ABS, barqarorlashtirish tizimi, rulning elektr kuchaytirgichi, tepalikka chiqishda yordam beruvchi tizim, kondisioner, audiotayyorgarlik, favqulodda vaziyatlarda shoshilinch ogohlantirish “ERA-GLONASS” funksiyasi kiradi.

“Komfort” varianti old o‘rindiqlarni isitish funksiyasi, elektr privodli tashqi oynalar va isitish hamda Bluetooth va 4,3 dyuymli ekranga ega audiotizim bilan taklif qilinadi. Sedanning top-versiyasi old oynani isitish tizimi, yorug‘lik va yomg‘ir datchiklari, orqa elektr oyna ko‘targichlar va 16 dyuymli quyma g‘ildirak disklari bilan jihozlanadi.

“Avtosreda” nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, Lada Vesta‘ning narxi 495-600 ming rubl atrofida bo‘ladi. Rasmiy narxlar avtomobilning 25 noyabrda savdoga chiqarilishidan avval e’lon qilinadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 208
  • O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan? 22 apr, 18:53 165
  • Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi 22 apr, 16:22 225
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 142
  • Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi avtomobil zavodi faoliyati bilan tanishdi (foto) 08 apr, 20:30 374
  • O‘zbekistonda elektromobillarga o‘tish tendensiyasi qanday ketyapti? 03 apr, 20:28 212
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 1
  • SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi? 03 мая, 13:25 4
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 23
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 14
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 24
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 119
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 25
  • Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi 03 мая, 11:30 55
  • Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video) 03 мая, 11:09 44
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 32
  • AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi 03 мая, 10:40 46
  • Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi 03 мая, 09:34 62
  • Bo‘limlar